Kontent qismiga oʻtish

Munci Kalayog'lu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Munci Kalayog'lu
Tavalludi 1940-yil
Anqara
Vafoti 17-noyabr 2024
Fuqaroligi Turkiya
Kasbi Umumiy Jarroh
Ish joylari Hacettepe Tibbiyot Fakulteti (1971-1981-yillar)
Wisconsin Universiteti(1983-2006-yillar)
Memorial Şişli Shifohonasi (2006-2018-yillar)
Koch Universiteti Shifohonasi (2018-yildan biyon)
Institutlar Ankara Universiteti
Hacettepe Universiteti

Munci Kalayog'lu ( turkcha: Münci Kalayoğlu) 1940-yil Anqarada tug’ilgan. U turk umumiy jarrohi, jigar transplantatsiyasini amalga oshirgan birinchi turk shifokori. Kalayog'lu organ transplantatsiyasi bo’yicha taniqli doctor, ayniqsa jigar transplantatsiyasi bo'yicha mutaxasis. Kalayog'lu dunyodagi eng yaxshi jarrohlardan biri hisoblanadi[1].

Yoshligi va ta'limi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Otasi prokuror, onasi esa boshlang'ich maktab o'qituvchisi bo'lgan Kalayog'lu Anqarada tug'ilgan. Bolaligi davomida otasining kasbi tufayli turli shaharlarga borgan Kalayog'lu boshlang'ich maktabni Anqarada, o'rta maktabni Antaliyada o'qidi[2].

Anqara Otaturk o'rta maktabini tugatgandan so'ng, u Istanbul Texnika Universitetiga muhandislik fakultetida imtihon topshirdi. Ammo u bu imtuhondan o‘ta olmadi. 1963-yili Anqara universitetining tibbiyot fakultetiga imtihon topshirdi va imtihondan muvaffaqiyatli o’tdi. Anqara universiteti tibbiyot fakultetini tamomlagandan so'ng, Hacettepe universiteti tibbiyot fakultetiga o'qishga kirdi umumiy jarrohlik bo'yicha ta'lim oldi. Keyin u 1967-1968 yillar oraligʻida New York Mount Sinai tibbiyot maktabida jarrohlik amaliyotini tamomladi. 1968-1970-yillarda Pittsburg bolalar kasalxonasida U bolalar jarrohligi o’rgandi[3].

Amerikadagi ta’limni tamomlab, Turkiyaga qaytib, 1971-yili Hacettepe tibbiyot fakultetida bolalar xirurgiyasi bo’limida assistent lavozimida ishlay boshladi. Bir yildan so'ng u dotsent, 1977-yilda esa professor bo'ldi. 1981-1983 yillarda u Pitsburg universitetida ishlagan. Ayni paytda u professor Tomas Starzl bilan organ transplantatsiyasi ustida ishlay boshladi. 1983-yilda u Turkiyaga qaytib, jigar transplantatsiyasi ustida ishlamoqchi boʻlgan, biroq rasmiylar diareyadan bolalarning oʻlimi Turkiyada bu davrda yanada muhimroq muammo ekanligini taʼkidlagan va uning fikrini qoʻllab-quvvatlamagan. Shundan soʻng u Wisconsin shtatidagi Wisconsin universitetidan taklifnoma bilan Amerikaga yoʻl oldi.

Doktor xotini bilan Wisconsin shtatining Madison shahriga joylashdi. Kalayog'lu Wisconsin universitetida organ transplantatsiyasi va transplantatsiyasi bo'limiga asos solgan va bu bo'lim boshlig'i lavozimida ishlagan. Dastlab doktorning bemori yo'q edi, chunki u taniqli emas edi. Kalayog'lu shtatda qo'shma egizaklarni ajratgan operatsiyadan keyin tanildi. Wisconsin shtatida ishlagan vaqtida u jigar transplantatsiyasida mukammallashdi. U Wisconsin eritmasini ishlab chiqishga hissa qo'shdi, bu jigarni 20 soatdan ko'proq vaqt davomida tanadan tashqarida tirik saqlash imkonini beradi. 2006-yilda Turkiyaga qaytib kelganida u 1500 dan ortiq jigar transplantatsiyasi va jami 5000 ga yaqin organ transplantatsiyasini amalga oshirgan[4].

2006-yilda Memorial Shishli kasalxonasida organ transplantatsiyasi, umumiy jarrohlik va bolalar jarrohligi bo'limi boshlig'i sifatida ish boshladi. Doktor 2018-yil mart oyida Koch universiteti kasalxonasiga ko'chib o'tdi. Kalayog'lu bu yerdagi Organ transplantatsiyasi markazida bo'lim mudiri bo'lib ishlaydi. Kalayog'luning 185 ta asari, 22 ta kitobi bor [5].

Dr. Kalayog'lu ko'plab mukofotlarga loyiq deb topilgan ulardan ba'zilari:

  • 1989-yilda Wisconsin shtat mukofoti ,
  • Sedat Simavi sog'liqni saqlash fanlari mukofoti,
  • Yaponiya Jarrohlik Assotsiatsiyasining mukofoti,
  • 1991-yilda Noktaning Climax mukofoti ,
  • 1993-yilda TÜBİTAK fan mukofoti
  • 1994-yilda Yaqin Sharq Texnika Universiteti tomonidan falsafa fanlari doktori unvoni

Dr. Kalayoğlu, jahon tibbiyot tarixida birinchi marta amalga oshirilgan operatsiyani amalga oshirdi. U jigar komasiga tushib qolgan 17 yoshli Rebakka Dreeger ismli qizni inson jigari topilgunga qadar cho'chqa jigari bilan 4 kun tirik saqlab turdi va keyin jigar transplantatsiyasi bilan hayotga qaytardi[6].

  1. „2 Türk cerrah ilk 20'de“. CNN Türk. Qaraldi: 31-oktyabr 2020-yil.
  2. „Sağlıkta Fark Yaratanlar: Prof. Dr. Münci Kalayoğlu“. Doktorclub. Qaraldi: 2020-yil 30 oktyabr.
  3. „Prof. Dr. Münci Kalayoğlu“. Koç Üniversitesi Hastanesi. Qaraldi: 2020-yil 12 oktyabr.
  4. Ak İkinc, Özlem „72 Yıllık Yaşamda Kurtarılan Binlerce Hayat Prof. Dr. Münci Kalayoğlu“. 2020-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12 oktyabr.
  5. „Münci Kalayoğlu kimdir“. Qaraldi: 11-sentabr 2023-yil.
  6. „Münci Kalayoğlu kimdir“. Qaraldi: 11-sentabr 2023-yil.