Kontent qismiga oʻtish

Mungli koʻzlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mungli koʻzlar
Muallif(lar) Xudoyberdi Toʻxtaboyev
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i roman
Nashriyot „Yosh gvardiya“ (1-nashr)
„Kamalak“ (2-nashr)
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1988 (1-nashr)
1991 (2-nashr)
Sahifalar soni 285 (1-nashr)
288 (2-nashr)
ISBN ISBN 5-683-00140-0 (1-nashr)
ISBN 5-633-00695-X(2-nashr)

„Mungli koʻzlar“ — oʻzbek yozuvchisi Xudoyberdi Toʻxtaboyev qalamiga mansub roman. Ilk bor 1988-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan.[1] 1991-yil „Kamalak“ nashriyotida qayta nashr etilgan.[2] 2021-yil "Global Books" nashriyotida 368 betlik yumshoq muqovada 3000 nusxada chop etilgan. So'nggi marta 2023-yil "Yoshlar Matbuoti" nashriyotida 303 betlik yumshoq muqovada 2000 nusxada chop etilgan. Romanda mol-dunyoga berilgan ota-ona va ularning farzandlarining fojiali qismati haqida soʻz yuritiladi.

Romanda oʻziga toʻq Karimovlar oilasi haqida hikoya qilinadi. Oila birdan muammolar ichida qoladi: ota pora bilan qoʻlga tushadi, noqonuniy savdo bilan shugʻullanuvchi tillafurush onaning jinoyatlari fosh boʻla boshlaydi. Natijada Zafar va uning nogiron akasi Akbar, ukasi Zufar, singlisi Nigora otadan, onadan, oilaviy doʻstlardan, molu-dunyolaridan, huzur-halovatlaridan ayrilishadi. Bu bolalarga qattiq zarba boʻladi. Natijada Akbar oʻzini yoqib yuboradi. Ota o'z jinoyatini yengillatish uchun farzandi Zufarga atalgan mashinadan voz kechishiga to'g'ri keladi. Lekin, "Sovg'a qilingan" "Volga" mashinasi ishni yengillatishda yordam bermaydi: ota 11 yil qamoq jazosiga hukm etiladi. Afsuski, yuragi kasal ona sudigacha yashamaydi. Sudigacha vaqtinchalik qamoqda bo'lgan payti shuncha g'alvalarni ko'tara olmagan yuragi to'xtaydi. O'ziga atalgan "Volga"dan ayrilgan alamzada Zufar, mashina otasining ishini yengillatishga yordam bermaganini ko'rib, mashinani yangi egasidan og'irlaydi. Natijada mashinani olib qochayotgan Zufar qo'shni viloyat hududida avto halokatda vafot etadi. Avto halokatning sababchisi - "Volga"ga urilgan pritsepli traktor: yo'lni kesib chiqqan, va natijada, "33-33 KShA" nomerli "Volga" mashinasi va ichidagi haydovchi vayron bo'lgan.

  • Zafar – bosh qahramon. Karimovlar oilasining farzandi
  • Akbar – Zafarning nogiron akasi.
  • Nigora – Zafar va Akbarning singlisi.
  • Zufar - Zafar va Akbarning ukasi, Nigoraning akasi.
  • Ataullo Isayevich – Akbarga muallimlik qilgan o'qituvchi. Erta yetim qolgan.
  • Yoqutxon Karimova - Zafarning, aka-ukalaring oyisi. Kasbi hojatbarorlik, lekin Akbar o'g'li o'z oyisini chayqovchi deb ta'riflaydi.
  • Saidjon Karimov - Karimovlar oilasining boshi. Zafarning ta'biri bilan aytganda: "Bazaning bosh omborchisi". Yoqutxonning turmush o'rtog'i, Zafar, Zufar, Akbar, Nigoralarning otasi.
  • Lutfixon - Karimovlar oilasida xizmatkor.
  • Bozorvoy - Karimovlar oilasining yaqin qarindoshi, Lutfixonning turmush o'rtog'i.

Asarning birinchi nashri 1988-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. 1991-yil „Kamalak“ nashriyotida qayta nashr etilgan. Ikkinchi nashr oxirida Abdugʻafur Rasulovning roman haqidagi maqolasi keltirilgan. Ikkinchi nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: S. Saydaliyeva – muharrir, V. Valiyev – rassom, H. Rahmatullayev – rasmlar muharriri, J. Nadirova – texnik muharrir, M. Nabiyeva, Sh.Valiyeva – musahhihlar. Kitob adadi – 60 000 nusxa. 2021-yil "Global Books" nashriyotida 368 betlik yumshoq muqovada 3000 nusxada chop etilgan. So'nggi marta 2023-yil "Yoshlar Matbuoti" nashriyotida 303 betlik yumshoq muqovada 2000 nusxada chop etilgan.

  1. „Mungli koʻzlar“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 16-sentyabr.
  2. „Mungli koʻzlar“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 16-sentyabr.