Munkar va Nakir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Munkar va Nakir (arabcha: منكر ونكير)- Islom taʼlimotiga koʻra, oʻlganlarni qabrda dastlabki soʻroq qiluvchi, ulardan yerda qilgan qilmishlari toʻgʻrisida hisobot oluvchi va qilgan gunohlariga qarab jazolovchi farishtalar. Munkar va Nakir taqvodor boʻlgan mayyitlarni to qiyomat boʻlgunga qadar tinch qoʻyadi, gunohkorlarni esa, aksincha, Alloh qancha xohlasa, shuncha azoblaydilar. Munkar va Nakir nomlari hadislarda eslatiladi, Qur’onda esa, bu farishtalar tilga olinmaydi.