Kontent qismiga oʻtish

Munofiqlik

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Munofiqlik – soʻzi bilan ishi birbiriga toʻgʻri kelmaslik, nosamimiylik, ikkiyuzlamachilikni, soʻzidan qaytishni ifodalovchi salbiy axloqiy sifat. Halollik, toʻgʻrilik, samimiylik tushunchalariga zid. Qurʼonda tilida imon keltirib, dilida kofir boʻlib qolgan kishilarning munofiq ekanliklari taʼkidlanadi. (Munofi-qun surasi).[1]

Arab tilida munofiqlikni anglatuvchi soʻzlarning oʻzagi boʻlmish „nifoq“ soʻzi ichi boʻsh, tashqi koʻrinishi oʻzgacha narsaga ishlatiladi. Misol uchun, yumronqoziq yoki tulkining uyasiga ham „nifoq“ soʻzi ishlatiladi. Chunki ular ustidan oddiy yerga oʻxshaydi, bir tarafdan kirsa, ikkinchi tarafdan chiqib ketaveradi. Hozirgi kunda ajnabiy tillarda „tonnel“ deb nomlanayotgan inshootlar ham arab tilida „nafaq“ deyiladi.[2]

Agar bu maʼnoni diniy-aqiydaviy istilohda ishlatiladigan boʻlsa, sirtdan musulmonlikni eʼlon qilib, ichidan unga loyiq boʻlmaslikka „munofiqlik“ deb aytiladi.[3]

Munofiqlikning turlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Munofiqlik ikki xil boʻladi:

  1. Jurjoniy Ta'rifotda nifoqni "Nifoq til bilan iymonni izhor qilib, dildagi kufrni berkitishdir", deb taʼrif qilgan.
    Bu "katta nifoq" deb ataladi.
  2. Quyidagi nifoq amaliy – „kichik nifoq“ deb ataladi.
   Abdulloh ibn Amrdan rivoyat qilinadi: 
"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:
"Uch narsa qay kishida bo'lsa, xolis munofiq bo'lur: gapirsa, yolg'on gapiradi, va'da bersa, xilof qiladi, omonat ishonilsa, xiyonat qiladi. Kimda shu xislatlardan bittasi bo'lsa, uni tark qilgunicha nifoqdan bitta xislati bo'ladi".

Ahmad rivoyat qilgan.[4]

Imom Buxoriy qilgan rivoyatda Huzayfa ibn Yamon roziyallohu anhu: „Bugungi munofiqlar Nabiy sollallohu alayhi vasallamning davrlaridagidan yomondir. Chunki ular munofiqlikni maxfiy qilardilar, bular esa oshkora qilmoqdalar“, degan ekanlar.

Munofiqlikning zararlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Alloh taolo munofiqning amalini qabul qilmaydi.
  2. Munofiqning qalbida marazi boʻladi. U musulmonlarga yetgan musibatdan masrur va nusratdan mahzun boʻladi.
  3. Munofiq baxil boʻladi. Molni faqat riyo uchun sarflaydi.
  4. Munofiqning eʼtiqodi, ilmi va amali zalolatdadir.
  5. Munofiq riyokordir. [5]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Ruhiy tarbiya. Poklanish. 1-juz. 306-bet.
  3. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Ruhiy tarbiya. Poklanish. 1-juz. 306-bet.
  4. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Ruhiy tarbiya. Poklanish. 1-juz. 307-bet.
  5. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Ruhiy tarbiya. Poklanish. 1-juz. 308-bet.