Munozara:Adaptatsiya wikipedia
ADAPTATSIYA (lotincha „adaptatio“ — moslashuv)-jonli organizmlarning funksiyalari va aʼzolarining tashqi muhit sharoitlariga moslashuvi. Adaptatsiya jonli organizmning hayot davomida har bir bosqichida shakllanadi.
Darvinning adaptatsiya haqidagi fikri
[manbasini tahrirlash]Adaptatsiya- moslashuv jarayoni bulsa, adaptasiogenez- jonli sistemalarning atrof-muhitga boʻlgan oʻzaro munosabatlaridir. Birinchilardan bulib, Darvin adaptatsiya tabiiy saralash oqibatida paydo boʻladi, degan gʻoyani ilgari surgan edi.
Adaptatsiyaning fanlar bilan aloqadorliklari
[manbasini tahrirlash]Hozirgi kunda adaptatsiya tushunchasi faqat biologiya fanida qoʻllanilibgina qolmay, balki texnika, tabiiy va gumanitar fanlarda xam qullaniladi. Adaptatsiya tibbiyotda odamning normal ijtimoiy biologik rivojlanishini va optimal yashovchanligini tavsif qilish uchun qullaniladi. Texnika va kibernetika fanlarida adaptatsiya tushunchasi asosida „adaptiv sistemalar“ ishlab chiqilgan, bu teskari aloqali oʻzi moslanadigan texnik sistemalardir. Ijtimoiy adaptatsiya odamning biologik, ruhiy va ijtimoiy mavjudlik doirasini qamrab oladi.
Adabiyotlar
[manbasini tahrirlash]- Falsafa qomusiy lug'at (2004-yil). Toshkent: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2004.