Kontent qismiga oʻtish

Munozara:Akmal Ikromov

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Ikromov Akmal Ikromovich (1898, Toshkent — 1938.13.3, Moskva) — davlat va siyosat arbobi. Toshkentning Oʻqchi mahallasida maktabdor Ikrom domla oilasida tugʻilgan. Otasining maktabida savod chiqargan. Yoshligidan fors va arab tillarini puxta egallab, sharq adabiyotini chuqur oʻrgangan. Toshkent sh.da oʻqituvchi (1918—19), "Izchilar toʻdasi" va "Chigʻatoy gurungi" aʼzo-si, Elxon taxallusi bilan sheʼrlar yozgan. Namangan, Fargʻona, Sirdaryo viloyatlari partiya tashkilotlarida turli lavozimlarda faoliyat koʻrsatgan (1919—21). Turkiston KP MK kotibi va tashkiliy instruktorlik boʻlimi mudiri (1921—22). Turkiston Respublikasida yangi iqtisodiy siyosat (NEP) ni amalga oshirilishida ta-shabbuskorlik qilgan. Moskvada Ya. M. Sverdlov nomidagi Kommunistok universitetda oʻkigan (1922—24). 1925 y. yanvarda Toshkent viloyati partiya komiteti kotibi, ayni paytda 1925 y. fevraldan OʻzKP(b) MK kotibi, birinchi kotibi (1929 y. dek.- 1937 y. sent.), ayni paytda VKP(b) MK Oʻrta Osiyo byurosi kotibi (1931—34). Butun Rossiya MIK aʼzosi, SSSR MIK Prezidiumi aʼzoligiga nomzod (192537). OʻzSSR MIK Prezidiumi aʼzosi (1925—37).

I. 1919—24 y.larda imkoniyati doi-rasida oʻzbek xalqi manfaatlari uchun Markaz siyosatiga qarshi kurashgan. Mas, Moskvada boʻlgan RKP(b MK milliy respublikalar va viloyatlar rahbarlarining 4kengashi (1923 y. 9— 12 iyun)da u Turkistonda yuritilayotgan sovet siyosatini qattiq qoralab, hozirgi Turkiston bilan chor Turkistoni oʻrtasida hech qanday farq yoʻq, deb taʼ-kidlagan edi. RKP(b) MK Bosh kotibi I. V. Stalin bu haqqoniy muloqazalardan keyin I. va Turkiston yer ishlari xalq ko-missari Sultonbek Xoʻjanovni millatchilikda ayblab, ularni "bosmachilarning hamtovoqlari" deyishgacha bordi. I. mohir publitsist sifatida Oʻzbekistonda q.x.ni, xususan, paxtachilikni rivojlantirishga, madaniy qurilishga doir koʻplab nazariy maqolalar, ilmiy asarlar yozgan. I. oʻz faoliyati davomida Oʻrta Osiyo byurosi va Markazning koʻrsatmalariga amal qilishga majbur boʻlgan. Oʻn sakkizlar guruqi, inogʻomovchilikka (qarang Inogʻomov R.) qarshi gʻoyaviy kurash olib borgan (1925—27). Oʻzbekistonda yer-suv islohoti, majburiy jamoalashtirish (kollektivlashtirish), respublikada zamonaviy sanoat asoslarini qurish va b. tadbirlarga rahbarlik qilgan. Jadidlarni "burjua millatchiligi"da ayblagan.

I. garchi bolshevistik gʻoyadan chekinmagan boʻlsa qam, mustabid tuzum qatagʻonchilari uni ayab oʻtirmagan. 1937 y. sent.da Toshkentda qamoqqa olindi. So-vetlarga qarshi "Oʻng trotskiychi blok" deb atalgan ish boʻyicha Moskvada sud qilinib, sobiq SSSRni boʻlib yuborish, jumladan, undan Oʻrta Osiyo respublikalarini ajratib olish, davlat tuzumini agʻdarish, kapitalizmni, burjuaziya hokimiyatini tiklashda ayblan-di va otib tashlandi.

1957 y. 3 iyunda SSSR Oliy sudi harbiy kollegiyasi I.ni aybsiz deb topdi va u oklandi. I. xotirasi abadiylashtirilib, Toshkent sh.dagi tumanga, Toshkent temir yoʻl transporti muhandislari intiga, poytaxtdagi yirik koʻcha, mahalla va maktabga, Zangiota tumanidagi shirkat xoʻjaligiga uning nomi berilgan. Toshkent va Samarqandda haykali bor.