Munozara:Arastu
Mazkur sahifa Arastu maqolasini yaxshilash masalalari muhokama qilinadigan munozara sahifasidir. |
Sahifalar siyosatlari
|
Manbalar izla: Google (kitob · yangiliklar · akademik · erkin tasvirlar · WRS) · FENS · JSTOR · NYT · VP kutubxonasi |
„Arastu“ maqolasi Vikipediyaning barcha til boʻlimlari uchun umumiy kerak boʻlgan maqolalar roʻyxatiga kiradi. Uni tanlangan maqola darajasiga yetkazish Oʻzbekcha Vikipediya boʻlimi ishining muhim yoʻnalishi hisoblanadi. |
Untitled
[manbasini tahrirlash]Aflotunning shogirdi va safdoshi Arastu (384 — 322 yillar) (asli — Aristotel) 83.221.177.2 12:52, 17 noyabr 2010 (UTC).qadimgi Yunonistonning buyuk faylasufi, o’zining betakror, jahonni lol qoldirgan ilmiy merosi bilan mashhurdir. O’n etti yoshida o’z ilmini oshirish maqsadida Afinaga kelib, Aflotun asos solgan akademiyaga o’qishga kirgan va 20 yil davomida (Aflotunning o’limiga qadar) shu erda tahsil olgan. Keyinchalik Makedoniya podshosi Filippning II taklifiga binoan, uning o’g’li Aleksandrga 3 yil muntazam ustozlik qilgan. Binobarin, keyinchalik dunyoni zabt etib, jahongirlik maqomiga ko’tarilgan iskandarning kamolotida Arastuning xizmatlari beqiyos bo’lgan. Filippning o’limidan keyin Aleksandr taxtga o’tirgach, Arastu Afinaga qaytib kelib, 50 yoshlarida «Likkey» nomli maktab ochgan. Ilmiy faoliyatining samarali bo’lishida, umuman, Yunonistondagi ilm-fan rivojida Aleksandr tomonidan ko’rsatilgan himmat va rag’batlar muhim ahamiyat kasb etgan. Iskandar vafotidan keyin unga qarshi kuchlar bosh ko’tarib, Arastuni dahriylikda ayblashgan va sudga tortishgan. Suddan oldin Evbey oroliga ko’chib ketgan Arastu ko’p o’tmay o’sha erda vafot etgan. Arastu zabardast olim bo’lib, mantiq, psixologiya, falsafa, axloq, notiqlik san’ati, tabiiy fanlar bo’yicha o’lmas, bebaho asarlar yozib qoldirgan. Uning barcha asarlari borliqni o’rganishga qartilgan. Mantiqqa oid asarlarining barchasini «Organon» («Qurol») nomli asariga jamlagan. Faylasuf barcha fanlarni ikki turga — nazariy va amaliy fanlarga bo’lgan. Amaliy fanlar shogirdlarga yo’l-yo’riq ko’rsatishga, biror bir foydali ishni amalga oshirishga yo’naltirilgan. U nazariy fanlarni uch qismga - falsafa (metafizika), matematika va fizikaga ajratgan. Faylasuf olamdagi narsa va hodisalar to’rtta sababga ega. Bular — moddiy sabab, ya’ni modda (materiya); shakliy sabab yoki shakl; yaratuvchi sabab; pirovard sabab yoki maqsad sabablardir. Yaratuvchi sabab, Arastu talqinicha, harakat manbaidir. Masalan, ota va ona bolaning ulg’ayishi sababchisidir. Arastu pirovard sabab (maqsad sabab) vositasida insonga xos bo’lgan maqsadni tabiat hodisalariga ham tatbiq etmoqchi bo’lgan. Harakat olam singari abadiydir. Ayni paytda, olam o’zining abadiy sababi, ya’ni harakatlantiruvchi kuchiga ega. Arastuning jamiyat va davlat to’g’risidagi ta’limoti «Davlat», «Siyosat» kabi asarlarida bayon etilgan. Uning fikricha, davlat boshqaruvi jamiyatning erkin va farovon hayoti uchun xizmat qilishi lozim. Baxtli hayot mazmuni faqat moddiy mo’l-ko’lchilik bilan belgilanmaydi, balki seroblik ma’naviy boylik bilan uyg’un bo’lgandagina, jamiyat baxtli hayot kechiradi. Davlatning boyligi, asosan, o’rtacha mulkka ega bo’lgan fuqarolarning mehnati bilan ta’minlanadi.