Munozara:Assembler tili
== Assembler tili ==Assembler tili Tushunchalari kompyuter me’moriy tuzilmasini aks ettiradigan quyi pog‘ona dasturlash tili. Assembler tili tarkibiga jumlalar, buyruqlar va ma’lumotlar formatlari kiradi, ular muayyan kompyuter imkoniyatlariga bir qiymatli tarzda mos keladilar. Boshqacha qilib aytganda, har bir operatorga kompyuterning biror buyrug‘i mos keladi. Assembler tilidan mashina tiliga o‘girishni avtomatlashtirish uchun yaratilgan dasturlar assemblerlar deb ataladi. Assemblerning kirishiga Assembler tilida yozilgan dastlabki dastur kiritiladi. Assembler chiqishida, mashina buyruqlaridan tarkib topgan dastur beriladi. Disassembler deganda, mashina kodidan Assembler tilida yozilgan dasturga o‘zgaruvchi dastur nazarda tutiladi.
Assembler tili haqida munozara boshlang
Munozara sahifalarida foydalanuvchilar Vikipediya maqolalarini yaxshilash bilan bogʻliq masalalarni muhokama qilishlari mumkin. Assembler tili sahifasini qanday qilib yaxshilash borasida muhokama boshlash uchun ushbu sahifadan foydalanishingiz mumkin.