Munozara:Bart Karl vikipedia

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BART (Barth) Karl shveysariyalik protestant teologi (ilohiyotchisi), dialektik teologiya asoschilaridan biri. Bart Karl 1886-yil 10-mayda tugʻilgan.

Ijod mahsuli[manbasini tahrirlash]

Dastlabki ilmiy asari "Avliyo Pavelning rimliklarga murojaati" (1918). Unga koʻra eʼtiqod „ha“ va „yoʻq“ oʻrtasida ikkilanuvchi intilish, nomaʼlumlikka jasorat bilan kirib borishdir. Inson bilimlari va borliqning mohiyati bir-biridan farq qiladi. Bart Karl cherkovdan ijtimoiy mas’ullikni talab qilib, uni „haqiqiy“ va „soxta“ cherkov deb farqladi. U yoshlik davrida xristian-sosialistlar harakatida ishtirok etdi, 1933-yildan Gitler tuzumiga nisbatan shakllangan Xristian qarshilik harakatiga rahbarlik qildi. 2-jahon urushidan keyin „Sovuq urush“ning keskin tanqidchisi sifatida faoliyat koʻrsatdi.Bart Karl 1968-yil 10-dekabrda vafot etdi.

  • Falsafa qomusiy lug'at (2004-yil). Toshkent: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2004.