Munozara:Demiurg wikipedia
Qiyofa
DEMIURG (yunoncha „demiurgos“-ijtimoiy hunar bilan erkin shugʻullanuvchi) — antik mifologiyada butun borliqni yaratuvchi Xudoni ifoda etuvchi tushuncha.
Diniy tasavvur hamda falsafada demiurg tushunchasi
[manbasini tahrirlash]Idealistik falsafada Demiurg ong, ruh, ideal ibtido, olamni yaratuvchi; diniy tasavvurlarda Demiurg „olam ijodkorlari“ sifatidagi Xudo.
Demiurg tushunchasi haqida
[manbasini tahrirlash]Falsafaga Demiurg tushunchasi Platon tomonidan kiritildi. Uning fikricha, Demiurg „koinotning otasi va ijodkoridir“. Hozirgi zamon falsafasida Demiurg atamasi koʻproq ideal ibtidoni yaratuvchi, olam ijodkori maʼnosida qoʻllanadi.
Adabiyotlar
[manbasini tahrirlash]- Falsafa qomusiy lug'at (2004-yil). Toshkent: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2004.