Kontent qismiga oʻtish

Munozara:Gegemonizm

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, erkin ensiklopediya

Gegemonizm hamma sohada ustunlik va oʻzxukmiga boʻysundirishni anglatuvchi tushuncha. G. moxiyatan dunyo barqarorligiga yoʻnaltirilgan yoki bunga xizmat qilishi kerak boʻlgan jahon siyosatiga zid hodisa boʻlib, ijtimoiy taraqqiyot, jamiyat bar- qarorligi va xavfsizligini izdan chiqaradi. Baʼzi davlatlarning gegemonlikka, hamma sohada ustun- likka va oʻz hukmiga buysundirishga daʼvo b-n chiqishi insoniyat tarixining barcha bosqichlarida har doim oʻta salbiy oqibatlarni keltirib chiqargan. Gegemonlik hech qachon umumbashariy rivojlanish ishiga xizmat qilmagan. Lekin hozirgi nozik davrda uning salbiy taʼsiri yanada yaqqolroq sezilmoqda. Bugun butun dunyodagi davlatlarning siyosiy doiralari, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining ham Gegemonizm dunyo taraqqiyoti uchun jiddiy xavf-xatar solayot- ganiga eʼtiborni qaratishining sababi ham shunda. Zero, G. alohida olingan biron-bir qudratli siyo- siy kuchning manfaatlarini ustuvor darajada bir tomonlama taʼminlash maqsadiga qaratilgandir. Bu, oʻz navbatida, boshqa tomonlarning manfaatlariga zid tushadi va ularning bir maromda rivojlanishi- ga putur yetkazadi. Bunday adolatsizlik iqtisodiy, siyosiy va harbiy jihatdan yetarli imkoniyatga ega boʻlmagan davlatlar, xalqlarning xalqaro jarayon- larda toʻlaqonli ishtirok eta olmasligiga sabab boʻladiki, natijada, tabiiy ravishda bunday mam- lakatlar xalqlarida gegemonlikka intilgan davlat- larga nisbatan nafrat va norozilik his-tuygʻusi kuchayadi va bunday holat dunyo hamjamiyatining bar- karor rivojlanishiga zarar yetkazadi.

Falsafa qomusiy lugʻati; „OʻZBEKISTON FAYLASUFLARI MILLIY JAMIYaTI NAShRIYoTI“ „ShARQ“ NAShRIYoT-MATBAA AKSIYaDORLIK KOMPANIYaSI BOSh TAHRIRIYaTI TOShKENT — 2004