Kontent qismiga oʻtish

Munozara:Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tezda oʻchirishga andozani olib tashlash

[manbasini tahrirlash]

Ushbu maqolaning ensiklopedik ahamiyatga egaligi munozalari mavzu deya hisoblayman. Bu maqola tezda oʻchirish mezonlariga loyiq emas hamda ushbu maqoladan andozani olib tashlashni iltimos qilaman. Maqola muallifidan esa maqolani davom ettirishlarini, mavzuni obdon oʻrganib nufuzli manbalar bilan tasdiqlashlarini soʻrab qolaman. Salazarov (suhbat) 18:56, 1-Fevral 2023 (UTC)

Ushbu maqola VP:EA qoidasiga mos deb oʻylaysizmi va nega? Jamshid Nurqul (munozara) 19:02, 1-Fevral 2023 (UTC)
Jamshid Nurkulov; Ushbu maqola hali tahrirlanishi chogʻida nega tezda oʻchirishga berilgan deb oʻylaysiz. Ensiklopedik ahamiyatga ega boʻlmagan taqdirda muhokamaga qoʻyilgan holda oʻchirishga bersa boʻlmasmidi.
Endi savolingizga javob bersam. Ushbu maktab haqida Kun.uz, Qalampir.uz, Xs.uz kabi manbalarda maʼlumotlar uchraydi. Muallif aynan ushbu maqola ustida ishlayotgan paytda birdan tezda oʻchirishga berilgani boshqa manbalarni keltirishga ulgurmaganiga olib keldi. Yuqorida taʼkidlab oʻtayotgan manbalardagi maʼlumotlar neytral va bu turdagi mavzularga piar va reklama shart emas. Maqola mavzusi en:Johns Hopkins School of Medicine maqolasiga oʻxshab ketadi. Maktab kimni nomiga qoʻyilgan? Xalq shoirini. Maktab atab qoʻyilgan nom egasi ham E/Aga ega. Bu maqolani oʻchirish, va aynan tezda oʻchirish koʻrolmaslik va shafqatsizlik boʻlardi, men sizga aytsam.
Endi siz menga nega aynan bu maqolani judayam tezlik bilan oʻchirish kerak deb hisoblashingizni faktlar va asoslar bilan keltirib bersangiz. Salazarov (suhbat) 19:39, 1-Fevral 2023 (UTC)
O'pkangizni bosing amal tekkan uka! Men biror yerda maqolani o'chirish kerak demadim, bu maqolani nega VP:EAga mos deb hisoblaysiz, dedim. Gapni ma'nosini tushunib yetishni va keyin yorliqlar yopishtirishni o'rganing. Maqola EAga ega deb hisoblayapsizmi, kimdir nega deb so'rasa sapchimasdan javob berishni ham biling. Sabab doim so'raladi. Kichkinagina amalga ega bo'lish odamlarga yorliq ilish huquqini bermaydi. Jamshid Nurqul (munozara) 20:00, 1-Fevral 2023 (UTC)

Taklif kirituvchi sifatida olib qolinishi kerak, deb hisoblayman. Salazarov (suhbat) 18:56, 1-Fevral 2023 (UTC)