Kontent qismiga oʻtish

Munozara:Jon Dillinjer

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

[1][1]Jon Gerbert Dillinjer (22.06.1903, Indiana — 22.07.1934, Chikago) — amerikalik jinoyatchi, bank oʻgʻrisi, FQB tasnifi boʻyicha 1-raqamli jamiyat dushmani. Jinoiy faoliyati davomida 20 dan ortiq bankni va 4 ta politsiya mahkamasini oʻmargan. 2 marta qamoqdan qochgan.

Jon uch yoshligida onasi vafot etadi. Otasining oziq-ovqat doʻkoni bor edi. 16 yoshida maktabni tashlaydi va doʻkonda ishlay boshlaydi. 1923-yilda Jon ilk marta mashina oʻgʻirlaydi. Lekin darhol qoʻlga tushadi. Politsiya mahkamasidan qochib ketadi. Bekorchilik Jonni va uning sherigini keyingi oʻgʻirliklarni sodir qilishiga sababchi boʻladi. Doʻkonga oʻgʻirlikka tushgan ikkovi ham qoʻlga olinadi. Jon 10 yilga ozodlikdan mahrum etiladi. Qamoqda Jon boshqa jinoyatchilar bilan tanishadi. Otasining aralashuvi bilan koʻp oʻtmay ozodlikka chiqadi va sherigi bilan bankga oʻgirlikka tushadi, qamoqxonaga hujum qiladi u yerda tanishgan sheriklarining qochishiga yordam beradi. Jon oddiy xalq koʻzida shu davr uchun Robin Gudga aylangandi. U odatda aholi orasida juda koʻp norozilikka sabab boʻlgan banklar va boy odamlarni oʻmargan. 1934-yilda Chikagoda Jon politsiya tomonidan otib tashlanadi. Jon Dillinjer haqida bir nechta filmlar olingan va asarlar yozilgan.

  1. 1,0 1,1 Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named undefined

https://www.crimemuseum.org/crime-library/robberies/john-dillinger/

https://www.pbs.org/wgbh/americanexperience/features/dillinger-john-dillinger/