Kontent qismiga oʻtish

Munozara:Koreya Respublikasi iqtisodiyoti

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

2013 yilda Koreya Respublikasi iqtisodiyoti yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha (YaIM) dunyoda o‘n ikkinchi o‘rinda va pul birligi qiymatining oltin baravarida bir-biriga teng nisbati bo‘yicha xarid qilishda o‘n beshinchi o‘rinda turgan. 1963 yilda yalpi milliy mahsulot ishlab chiqarish kishi boshiga 100 AQSh dollaridan to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2014 yilga kelib bu 35.000 AQSh dollariga teng bo‘ldi. O‘zining oltmish yillik tarixi davomida Janubiy Koreya iqtisodiyoti asosiy yo‘nalishlarining taraqqiyoti davlatni rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi. 1940 – yillarda mamlakat iqtisodiyoti asosan qishloq xo‘jaligi va yengil sanoatga evaziga rivojlandi. Keyingi bir qancha o‘n yilliklarda yengil sanoat va xalq iste’moli mahsulotlarini ishlab chiqarish, XX asrning 70 va 80- yillarida esa og‘ir sanoat rivojlandi. 30 yil mobaynida Pak Chon Xi mamlakat prezidentdi bo‘lganidan so‘ng, 1962 yilda birinchi besh yillikni e’lon qildi, mamlakat iqtisodiyoti juda tez sur’atlarda o‘sdi, iqtisodiyot tuzilishi esa juda o‘zgardi. 1960–1990 yillar davomida iqtisodiyotdagi yuqori ko‘rsatkichlar Koreya Respublikasini Singapur, Gonkong va Tayvan davlatlari qatorida Osiyo yo‘lbarsi nomiga sazovor bo‘lishiga sabab bo‘ldi. 1980-yillarda shiddatli iqtisodiy o‘sish o‘n yillik oxirida 6,5 foizgacha sustlashdi, aholi ish haqining ko‘tarilishi bilan inflyatsiya oshdi. Yuqori rivojlangan boshqa davlatlar kabi 90-yillar boshida mamlakat iqtisodiyotida xizmat ko‘rsatish sohasi ustunlik qila boshladi, hozir u YaIMning uchdan ikki qismini tashkil etadi, XXI asr boshida u butun YaIMning uchdan ikki qismini tashkil etgan. 2013 yilda Janubiy Koreya iqtisodining rivojlanishi ko‘p jihatdan uning tashqi iqtisodiy aloqalarining kengayishi bilan belgilandi, ular orasida tashqi savdo muhim o‘rin tutdi. Koreya Respublikasi hamkor-davlatlar bilan ochiq bozor yo‘li orqali sanoat ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish sohasi hamda xom ashyo va energetika sektorlari sohalarida eksport hajmini oshirishga qaratilgan faol tashqi savdo siyosatini olib bordi. Janubiy Koreya iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarga (AQSh, Yaponiya va YeH) eksport qilishga asoslangan bo‘lishiga qaramay, so‘nggi yillarda ASEAN va BRIKS davlatlari bilan ko‘p tomonlama iqtisodiy hamkorlikni o‘rnatish va savdo munosabatlarini kengaytirishga harakat qilmoqda. 2013 yil noyabrida Koreya Respublikasi Trans-Tinch okeani hamkorligiga (TTH) a’zo davlatlar bilan mazkur tashkilotga a’zo bo‘lish mumkinligi haqidagi muzokaralarni olib bormoqda. Mamlakatdagi tijorat faoliyati Koreya Respublikasi Tijorat kodeksi orqali boshqariladi.

Koreya Respublikasi iqtisodiyoti haqida munozara boshlang

Munozarani boshlash