Kontent qismiga oʻtish

Munozara:Koreya Xalq Demokratik Respublikasi

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, erkin ensiklopediya

OʻzMEdan olingan quyidagi maqolani viki maqolaga tartib bilan qoʻshish kerak:

'''Koreya xalq demokratik respublikasi''', KXDR (Choson Minjujuui Inmin Konghwaguk) — Uzoq Sharkda, Koreya ya.o.ning shim. va qisman materikda, 38-paralleldan shim. da joylashgan davlat. Mayd. 120,54 ming km2. Aholisi 21,96 mln. kishi (2001). Poytaxti — Pxenyan sh. Maʼmuriy jihatdan 9 viloyat (province)ra va viloyat maqomiga ega boʻlgan 2 shahar (Pxenyan va Keson)ga . boʻlinadi. Rasmiy tili — koreys tili. Yirik shaharlari: Pxenyan, Hamxin, Vonson, Xinnam. Davlat tuzumi. KXDR — sotsialistik davlat. Amaldagi Konstitutsiyasi 1972 y. 27 dek.da qabul qilingan. Unga keyinchalik oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan. Quyidagi hokimiyat organlari amal qiladi: Oliy xalq majlisi (OXM) va uning Doimiy kengashi, Mudofaa qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi (sobiq Maʼmuriy kengash), joylardagi xalq majlislari va xalq qoʻmitalari. Prezident lavozimi va Markaziy xalq qoʻmitasi bekor qilingan. Ularning vakolatlari OXM va uning Doimiy kengashiga taqsimlandi va qisman Vazirlar Mahkamasiga topshirildi. Mudofaa qoʻmitasining raisi (1993 y. 9 aprel dan Kim Chen Ir) oliy davlat lavozimi boʻlib, KXDRning siyosiy, harbiy va iqtisodiy kuchlariga rahbarlik qiladi. Tarixi. Konstitutsiyaga binoan, KXDR — "Suveren sotsialistik davlat" boʻlib, oʻz faoliyatida Chuchxe gʻoyalariga amal qiladi ("Chuchxe" — mustaqillik maʼnosini bildiradi hamda "inqilob va qurilishdagi" barcha masalalarni oʻz kuchlariga tayanib, mamlakat voqeligiga monand ravishda mustaqillik mavqeida hal qilishni koʻzda tutadi). Xalqommasi "buyuk dohiy" Kim Ir Senga cheksiz sadoqat ruhida tarbiyalanib keldi, uning vafotidan soʻng oʻgʻli va vorisi Kim Chen Irga itoatgoʻylik ruhida tarbiyalana boshladi. KXDRda juda qattiq intizomga rioya etiladi, aholi har qanday tashqi taʼsirdan muhofaza qilinadi. 1945—48 y.larda Shim. Koreyada yer islohoti oʻtkazildi, sanoat, transport, aloqa, banklar, tashqi savdo davlat ixtiyoriga olindi. 1950—53 y.lardagi urush mamlakatga katta zarar yetkazdi, xoʻjalik qurilishini toʻxtatib qoʻydi. Urushdan keyingi yillarda Sharqiy Yevropa, sobiq SSSR, Xitoy koʻmagi bilan 200 ga yaqin xalq xoʻjaligi inshootlari qurildi. Shahar va qishloqsa sotsialistik islohotlar tugab (1958), industriyalash sohasidagi asosiy vazifalar hal etilgach (1970), mafkoʻraviy, texnikaviy va madaniy inqilobni jadallashtirish yoʻli boshlandi. Jan. bilan oʻzaro kurash keskinlashgan sharoitda xoʻjalik va mudofaa qurilishini bab-baravar olib borish, mustahkam moddiy-texnika bazasini vujudga keltirish vazifasi qoʻyildi (1980). Milliy bayramlari — 16 fevral — Kim Chen Irning tugʻilgan kuni (1942); 15 aprel — Quyosh bayrami (Kim Ir Senning tugʻilgan kuni, 1912); 9 sent. — KXDR tashqil etilgan kun (1948). OʻzR bilan diplomatiya munosabatlarini 1992 y. 7 fevral da oʻrnatgan. Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. K. Mehnat partiyasi, 1945 y. da asos solingan. 1946 y.gacha K. Kommunistik partiyasi. 1946 y.da Shim.dagi Yangi xalq partiyasi hamda Jan.dagi Xalq va Yangi xalq partiyalari bilan birlashib, Shim. Koreya Mehnat partiyasi va Jan. Koreya Mehnat partiyasi vujudga keldi. 1949 y.da ular yagona Koreya Mehnat partiyasi boʻlib birlashdi; K. Sotsial-demokratak partiyasi, 1945 y.da tuzilgan, K. Birlashgan demokratik vatan frontiga kiradi; Chxondogyo—Chxonudan partiyasi (Samoviy yoʻl dini yosh doʻstlari partiyasi),1946 y.da asos solingan, K. Birlashgan demokratax vatan frontiga kiradi; K. Birlashgan demokratik vatan fronti — K. vatanparvar partiyalari va tashqilotlarining umummilliy fronti, mamlakat birligi va demokratik rivojlanishi uchun kurash shiori ostida 1949 y.da tuzilgan. K. birlashgan kasaba uyushmalari, 1945 y.da tuzilgan. Jahon kasaba uyushmalari federatsiyasiga kiradi. Xoʻjaligi. KXDR — industrialagrar mamlakat. 2-jahon urushidan keyin mamlakatda ogʻir industriya asoslarini yaratish: metallurgiya, energetika, konchilik, kimyo, qurilish materiallari, avtomobilsozlik, stanoksozlik korxonalarini barpo etish yoʻli tutildi. Q.x. sohasida davlat va kooperativ xoʻjaliklari tashqil etildi. Sanoati. Oziq-ovqat sanoati, hunarmandchilik va mahalliy sanoat korxonalari mavjud. Bu yerda rangli, qora, asl metallar, toshkoʻmir, temir rudasi, volfram, qoʻrgʻoshin-rux, molibden, alyuminiy rudalari, grafit, magnezit va b. foydali kazilmalarning zahiralari bor. Iqtisodiyotining asosi ogʻir sanoat, yetakchi tarmoqlari — elektr energetika, qora va rangli metallurgiya, konchilik va kimyo sanoati, qurilish materiallari i.ch., mashinasozlik; yengil va oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Yiliga oʻrtacha 53,5 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Lekin shunga karamay, 2000 y. arafasida xalq xoʻjaligi tang ahvolga tushib qoldi: iqtisodiyot boshi berk koʻchaga kirib qolgan, sanoat notekis rivojlangan, texnikaning rivoji orqada qolgan, isteʼmol mahsulotlari i.ch. darajasi past, elektr energiya, yoqilgi, xom ashyo, oziq-ovqat tanqis. Qishloq xoʻjaligi. Don yetishtirish q. x. ishlab chiqarishining asosini tashqil etadi. Sholi (haydaladigan yerlarning 50%) va makkajoʻxori — asosiy q.x. ekinlaridir. Bugʻdoy, arpa, soya, paxta, qand lavlagi, kartoshka, tamaki va b. ham ekiladi. Sabzavotchilik, bogʻdorchilik, parrandachilik, baliqchilik, pillachilik mavjud. Kesonda jenshen plantatsiyalari bor. Chorvachilik unchalik rivojlanmagan. Mamlakat butun hududining 18%, yaʼni 2,27 mln. ga yerda dehqonchilik qilinadi, 9 mln. ga yer oʻrmon bilan qoplangan. Keyingi yillarda q.x. ishlab chiqarishi surunkali inqirozga duchor boʻddi. Donli ekinlar, avvalo asosiy mahsu-lot boʻlmish sholi hosili pasayishi aholini oziq-ovqat bilan taʼminlashni mushkullashtirdi. Mamlakatda aholini oziq-ovqat va xalq isteʼmol mollari bilan belgilangan meʼyorda taʼminlash tizimi saqlangan. Transporti. Yuklarning 90% yaqini t.y.da tashiladi. T.y.lar uzunligi — 9 ming km, avtomobil yoʻllari uz. — 23 ming km. Dengiz savdo floti tonnaji 951 ming t dedveyt. Dengiz portlari: Vonsan, Chxonjin, Nampxo va b. Pxenyan yaqinidagi Sunan degan joyda xalqaro aeroport bor. Amnokkan, Chxonchxongan, Tedongan va Tumangan daryolarining quyi oqimida kema qatnaydi. Tashqi savdosi unchalik rivojlanmagan. Chetga, asosan, xom ashyo chiqaradi. Chetdan mashina va asbob-uskuna, suyuq yoqilgʻi, koks, prokat, paxta tolasi, oʻgʻit, xalq isteʼmol mollari sotib oladi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari: Xitoy, Rossiya va b. Pul birligi — vona. Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. Yaponiya hukmronligi davrida maktabda darslar yapon tilida oʻqitilgan. 1945 y.dan yangi 4 y.lik maktablar ochildi. Darslar ona tilida yangi dastur asosida olib boriladigan boʻldi. 1958 y.dan oʻqish bepul. 1975 y.dan majburiy 11 y.lik taʼlim joriy etilgan. KXDRda 10 mingdan koʻproq umumiy taʼlim maktabi, 600 texnika bilim yurti va 200 dan ortiq oliy oʻquv yurti bor. Eng yirik oliy oʻquv yurti — Kim Ir Sen nomidagi Pxenyan universiteti. Pxenyanda KXDR Fanlar akademiyasi va Hamxinda uning filiali, Tibbiyot fanlari, Q.x. fanlari, Ijtimoiy fanlar, Oʻrmon-tex-nika akademiyalari mavjud. Kutubxona va muzeylari: Davlat markaziy kutubxonasi (1947), FA kutubxonasi (1952), Markaziy tarix muzeyi, K. inqilob muzeyi (1948), Ozodlik urushi muzeyi (1953), Etn. muzeyi (1956), Nafis sanʼat markaziy muzeyi. Vonsan, Hamxin, Sarivon va b. shaharlarda ham muzeylar bor. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Asosiy gaz. va jur.lari: "Koreya" (koreys, rus, xitoy, ingliz, fransuz va ispan tilida nashr etiladigan oylik jur., 1956 y.dan), "Nodon Sinmun" ("Ishchi gazetasi", kundalik gaz., 1945 y.dan), "Minchju Choson" ("Demokratik Koreya", kundalik gaz., 1946 y.dan) "Choson inmingun" ("Koreya xalq, armiyasi", kundalik gaz., 1948 y.dan), "Chxollima" ("Qanotli ot", oylik jur., 1959 y.dan), "Killochja" ("Mehnatkash", oylik jur., 1946 y.dan), "Choson yesul" ("Koreys sanʼati", oylik jur.) va b. K. Markaziy telegraf agentligi 1946 i. tashqil etilgan. K. Markaziy radio qoʻmitasi va Markaziy televideniyesi mavjud. Radioeshittirishlar koreys, shuningdek, rus, ingliz, fransuz, ispan, yapon, xitoy tillarida olib boriladi. Pxenyanda telemarkaz 1967 y.dan ishlaydi. Adabiyoti. 2-jahon urushidan keyin Shim. K.da adabiyotni sotsialistik realizm yoʻlidan rivojlantirish ragʻbatlantirildi. 1946 y.da koreys yozuvchilari Shim. K. Adabiyot va sanʼat arboblari assotsiatsiyasiga birlashdi. Katta avlod bilan bir qatorda yosh shoirlar adabiyotga kirib keldi. Ular "yangi turmush"ni, "SSSR bilan doʻstlik"ni madh etishdan boshqa ilojlari yoʻq edi. Shunday sharoitda ham isteʼdodli qalam sohiblari xalq tarixini haqqoniy yoritishga intildilar. Cho Gi Chxon "Pektusan togʻi" dostonida yaponiyalik bosqinchilarga qarshi xalq harakatini, Chxve Myon Ik, Chxon Se Bon hikoya va ocherklarida, Li Gi Yon "Yer" romanida qishloq turmushini aks ettirdi. Li Buk Myon, Xvan Gon va b. yozuvchilar ishchilar haqida asarlar yaratishdi. Shoirlar orasida Pak Phar Yan, Min Byon Gyun, Pak Se Yon, An Nyon Mon, Cho Gi Chxon 1950—53 y.lar urushi haqida vatanparvarlik ruhidagi asarlar yozishdi. Urushdan keyin roman adabiyotning asosiy janri boʻlib qoldi. Yun Se Jun, Chxon Se Bon va b. dolzarb zamonaviy muammolarni koʻtarib chikdi. Li Gi Yon, Chxve Myon Ik, Pak Txe Von tarixiy romanlar yaratishdi. 60-y.lardan esdalik adabiyoti keng yoyildi. Keyingi yillarda dunyo yuzini koʻrgan salmoqli asarlar orasida koʻpchilik boʻlib yozilgan "Qon dengizi", "Soqchining taqsiri" kabi asarlarni koʻrsatish mumkin. Meʼmorligi. 1940-y.lar oxiridan shaharsozlik rivojlandi. Pxenyanning bosh rejasi ishlab chiqildi. 1950—53 y.lardagi urushda vayron boʻlgan shaharlar (Hamxin, Vonsan, Sarivon, Keson, Nampxo va b.) qayta tiklandi. Sanoat va gidrotexnika inshootlari, maktab, kasalxona, madaniyat saroylari qurishga kirishildi. Dastlabki paytlarda oʻrta asr koreys meʼmorligi anʼanalaridan foydalanildi (Pxenyan Katta teatri). 60-y.larning 2-yarmidan yangi qurilish materiallari va konstruksiyalari joriy etildi, ixcham rejalangan, qulay va chiroyli binolar (Kim Ir Sen nomidagi universitet) qad koʻtardi, tipovoy loyihalar asosida koʻp qavatli turar joylar qurildi. Qishloq joylarda kottejlar, blokli va seksiyali uylar barpo etilgan. Kurortlar qurilishiga eʼtibor berildi. Meʼmorlar orasida Kim Jon Xi, Li Xyon, Pak Ik Xvan. Sin Sun Gen va b.larni koʻrsatish mumkin. 1954 y.da K. meʼmorlar uyushmasi tuzilgan. Tasviriy sanʼati. 1946 y.da tashqil etilgan Adabiyot va sanʼat arboblari assotsiatsiyasi milliy rangtasvirni tiklashni maqsad qilib olgan edi. 1950—53 y.lardagi urush davrida rassomlar, asosan, tashviqot-targʻibot ruhidagi varaqa va plakatlar yaratishdi. Milliy anʼanalarni davom ettirish bilan birga zamonaviy mavzularga murojaat etayotgan rassomlar orasida Li Chxon, Chxve Gen, Li Sok Xo, Kim Yon Jun, Chon Yon Man, haykaltaroshlardan Mun Sok O, Cho Gyu Bonlar bor. Qad. kulollik, chinnisozlik, suyak va yogʻoch oʻymakorligi, bambuk tolasidan toʻquvchilik, kashtachilikda xalq amaliy sanʼati saqlanib qolgan. 1953 y.da rassomlar uyushmasi tuzilgan. Musiqasi. K. ozod etilgandan keyin (1945) dastlab ommaviy qoʻshiqlar rivojlandi. Xalq qoʻshiqlarini yigʻish, oʻrganish va ommalashtirishga kirishildi. 1946 y. Musiqachilar uyushmasi tuzildi. Katta shaharlarda musiqa oʻquv yurtlari (Pxenyanda konservatoriya), konsert zallari, musiqali teatrlar ochildi. Filarmoniya, katta simfonik orkestr va b. musiqa jamoalari tashqil etildi. Simfonik va kantata-oratoriya janrlari, xalq mu-siqiy dramasi (chxangik), zamonaviy opera (kagik) va balet rivoj topdi (kompozitorlar Li Myon San, Xvan Haq Kin, Li Gon U, Pak Ton Sil, Kim Yon Gyu). Teatri. 1947—49 y.larda Pxenyanda Davlat teatri (hoz. "Chxollima" davlat drama teatri), Davlat xalq badiiy teatri (hoz. Pxenyan sh. teatri), K. xalq armiyasi huzuridagi truppa ochildi. Viloyatlarda teatrlar ishlab turibdi. Maishiy, tarixiy asarlardan tashkari, Yaponiya mustamlaka hukmronligi yillaridagi ozodlik harakatiga ba-gʻishlangan pyesalar sahnalashtirilgan ("Pusan", "Pochxonbo mashʼali", "Onamiz" kabi spektakllar). Kinosi. 1947 y. kinostudiya tashqil etildi, uning asosida badiiy va hujjatli filmlar studiyasi ochildi (1958). KXDRda birinchi badiiy film — "Mening vatanim" 1949 y.da ishlab chiqarildi. 1950 y.da "Domna pechi", "Chegarachilar" filmlari yaratildi. Shim. — Jan. urushi yillarida "Yosh partizanlar", "Ona yurt himoyachilari" va b. filmlar suratga olindi. 1957 y. "Ogainilar" rangli filmi yaratildi. 1959 y. Pxenyan teatr va kino instituti ochildi. 1961 y. KXDR kinematografchilar uyushmasi tashqil etildi. Keyingi yillardagi eng yaxshi koreys filmlari orasida "Sadoson qalʼasi haqidagi rivoyat", "Ayriliqda yashab boʻlarmi", "Humo qushi", "Qizil gul", "Besh aka-uka", "Oʻrmon shovqini" va b. bor. Oʻzbekiston — KXDR aloqalari. 1994 y.dan buyon OʻzR bilan KXDR oʻrtasida iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlikka oid huquqiy negizni yaratish sohasidagi ish davom etayotir. 1995 y.da oʻzbek va koreys tomonlari "Havo qatnovi sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim" va "Qishloq xoʻjaligi sohasida hamkorlik haqida bitim" deb atalgan hujjatlarni kelishib oldilar. Ikki mamlakat oʻrtasida savdo-sotiq yoʻlga qoʻyila boshladi. Tovar aylanmasi 1998 y. dagi 2,3 mln. AKSH dollaridan 1999 y.da 6,7 mln. dollarga yetdi. OʻzRda KXDR sarmoyasi ishtirokida 2 ta shoʻʼba korxona va 2 ta qoʻshma korxona roʻyxatga olingan. Chunonchi, "Rinrado", "K. U. Rinrado", "Choson-Sik-reksul" va "Safar" korxonalari xalq isteʼmol mollari i.ch., harid qilish va sotish bilan shugʻullanadi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref> == Manbalar == {{manbalar}}

Nataev munozara 05:21, 13-oktabr 2014 (UTC)