Munozara:Mansur Jumayev
Qiyofa
Maqola saqlab qolinishi kerak
[manbasini tahrirlash]Assalomu alaykum, @Miss Kamola. Maqolani EAga ega emasligi sabab oʻchirishga beribsiz. Lekin shoir va yozuvchilar EAga ega. Mazkur shaxs vafoti haqida nufuzli manbalarda maqola e’lon qilinganligi va Mansur Jumayev yozuvchilar uyushmasi a’zosi boʻlganligi Ensiklopedik ahamiyatning mavjudligi haqidagi savolni kun tartibidan olib tashlaydi deb oʻylayman. Maqolaning saqlab qolinishi tarafdoriman. Hasan Xamidovich (munozara) 13:10, 2024-yil 8-noyabr (UTC)
- Men sizga o‘nlab Yozuvchilar uyushmasiga a’zo yosh ijodkorlarni sanab keltirishim mumkin. Lekin ular EAga ega emasligi tufayli oʻchirilgan. Agar siz har bir Yozuvchilar uyushmasi a’zosini EAga ega deb hisoblasangiz, o‘chirilganlarni ham qaytarish kerak bo‘ladimi shunda? Keyin bu shaxs vafoti yuzasidan nufuzli saytlarda ta’ziya bildirilishi -- bu ziyoli qatlam bo‘lgani uchun tabiiy hol. Aynan vafoti uni Vikipediyaga kirishiga asos bo‘la olsa, hamma ijodkor ham o‘lganidan keyin kiritilaveradi agar to‘g‘ri tushundan bo‘lsam, shundaymi? Miss Kamola (munozara) 04:26, 2024-yil 14-noyabr (UTC)