Kontent qismiga oʻtish

Munozara:Membrana transporti

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Membrana transporti[manbasini tahrirlash]

Membrana transporti o'zi navbatida 2 guruhga bo'linadi:makro transport va mikro transport. Makro transport ATF energiyasi hisobiga boradi. Bu transport vezikula-sharcha hosil bo'lishi hisobiga borgani uchun vezikular transport ham deyiladi. Makro transport 3guruhga bo'linadi:endositoz,ekzositoz, transsitoz. Endositoz 2turli bo'ladi:pinotsitoz, fagotsitoz. Pinotsitoz suyuq moddalarning hujayra ichiga kirishi bo'lsa, fagotsitoz qattiq moddalarning hujayra ichiga kirishidir. Ekzositoz endositoz teskari jarayon bo'lib, uham 2 turli bo'ladi:ekskretsiya,sekretsiya.Ekskretsiya-qattiq moddalarning hujayra ichidan chiqarilishi,sekretsiya esa suyuq moddalarning hujayra ichidan chiqarilishidir. Transsitoz bir vaqtning o'zida hujayrada ekzositoz va endositoz bo'lishi. Bunga misol qilib ichakdagi vorsinkalarda moddalarning qonga transportini keltirishimiz mumkin. Mikro transport 2 guruhga bo'linadi:aktiv va passiv transport. Passiv transport diffuziya asosoga qurilgan transport. U hujayra ichiga suv(osmos-suv diffuziyasi) va boshqa moddalar diffuziyasidan iborat. Hujayraga suvdan boshqa moddalar diffuziyasining 2turi mavjud:oddiy va yengillashgan diffuziya. Diffuziya hodisasiga sabab bo'luvchi omillar bu:konsentratsiya gradiyenti(farq), bosim gradiyenti, ion gadiyenti. Yengillashgan diffuziya membrana oqsillari hisobiga boradi. Osmos hujayra ichi yoki tashqarisida tuz yoki boshqa moddalar konsentratsiyasini kamaytirishga intilishidan iborat. Aktiv transport konsentratsiya gradiyentiga teskari boradi. Hujayra ichida K+ ko'p, tashqarisida Na+ ko'p. Shunga qaramasdan Na+ hujayra tashqarisiga, K+hujayra ichiga tashiladi. Bu ham ATF energiyasi hisobiga boradi. Bu jarayonda K, Na ATF aza degan ferment ishtirok etadi.