Kontent qismiga oʻtish

Munozara:Mirjalol Qosimov

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Qosimov Mirjalol Qoʻshoqovich (1970.17.9, Toshkent) — futbolchi. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi (1994), "Oʻzbekiston iftixori" (2002). Q. oʻsmirlar oʻrtasida jahon (1987, Kanada), yoshlar oʻrtasida Yevropa (1988, Chexoslovakiya) chempioni, Oʻzbekiston kubogi gʻolibi (1993, 1997, 2002, 2003), Oʻzbekiston (1999, 2002, 2003), Rossiya (1995), Osiyo oʻyinlari (1994, Xirosima) chempioni. Q. Toshkentning "Paxtakor" (1987-1991, 1993, 1997-1998, 2002-2004), Vladikavkazning "Alaniya" (1992, 1994-1996, 2004). Samaraning "Krilya Sovetov" (1999-2000), Dubayning "Al-Shabab" (2001), Muborakning "Mashʼal" (2005 y.dan) futbol klublarida oʻynagan. Q. uchrashuvlar paytida jamoaviy oʻyin tashkil etish, toʻpni sherigiga qulay tarzda uzatish, jarima va burchak toʻplarini mahorat bilan darvozaga kiritish ustasi. Q. Oʻzbekiston jismoniy tarbiya instituti (1996) va Toshkent iqtisodiyot universiteti (1999)ni tugatgan. "Shuhrat" medali (1994), "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni (2004) bilan mukofotlangan.