Munozara:Mudanhiya sulhi
1922 yil 11 oktyabrdagi Mudanya sulhi - bir tomondan Turkiya timsolida Turkiya Buyuk Millat Majlisi bilan, ikkinchi tomonda - Italiya, Fransiya va Buyuk Britaniya o‘rtasida Usmoniylar davlatiga qarashli Bursa viloyatining Mudanya shahrida imzolangan. Gresiya Qirolligi bu sulhni 1922 yil 14 oktyabrda sulh imzolagan. Uning mazmuni shundan iborat ediki, Mudros sulhiga ko‘ra, Birinchi jahon urushidagi ishtirokini yakunlagan ittifoqchi kuchlarga Dardanel va Bosfor bo‘g‘ozlarini egallashga ruxsat berilgan. Keyinchalik ular Konstantinopolni ham egallagan. Pirovardda, Usmoniylar imperiyasini bo‘lib tashlashga qaror qilgan. Bunga Buyuk Millat Majlisi timsolida turk vatanparvarlari qarshilik ko‘rsatgan. Anado‘luda ishg‘olchi davlatlar ustidan g‘alaba qozongan turk qo‘shinlari Bo‘g‘ozning neytral zonasiga o‘tgan. 1922 yil 5 sentyabrda Mustafo Kamol Otaturk Turkiyaning Sharqiy Frakiyaga bo‘lgan da’volarini e’lon qilgan. 15 sentabr kuni Britaniya Vazirlar Mahkamasi Britaniya qo‘shinlari o‘z pozisiyalarini saqlab qolishlari kerakligi to‘g‘risida qaror qabul qilgan va Turkiyaga ultimatum qo‘ygan. 19 sentyabrda Buyuk Britaniya Konstantinopol va Frakiyadagi turklarning talablarini rad etgan. Ammo Fransiya, Yugoslaviya, Italiya va Britaniya dominionlari yangi urushga qarshi chiqqan. Fransiya Bosh vaziri Raymond Puankare turklarni neytral hududni hurmat qilishga chaqirgan. Ittifoqchilar shu masalada 23 sentyabr kuni tinchlik konferensiyasi o‘tkazilishini talab qilganlar, Mustafo Kamol 29 sentyabrda Mudanyani o‘tkazish joyi sifatida ko‘rsatib, bunga rozi bo‘lgan. Ayni vaqtda, Britaniya Vazirlar Mahkamasi Sharqiy Frakiyani turklarga berishga qaror qilgan. 1922 yil 3 oktabrda muzokaralar bo‘lib o‘tgan. Natijada, 11 oktyabrda Mudan sulhi imzolangan va 13 oktyabrda greklar barcha shartlarga rozi bo‘lgan. Sulh shartlariga ko‘ra: yunon qo‘shinlarining 15 kun ichida Sharqiy Frakiyani Marisa daryosi va Adrianopolgacha tark etishlari; grek qo‘shinlari olib chiqib ketilganidan 30 kun o‘tib, bu yerda turk fuqarolik hokimiyatining o‘rnatilishi; tinchlik shartnomasi tuzilgunga qadar Sharqiy Frakiyada 8 mingdan ortiq bo‘lmagan miqdordagi turk jandarmasining saqlanishi kerakligi kelishib olingan.Tomonlar o‘rtasidagi yakuniy kelishuv 1922 yil 21 noyabrdan 1923 yil 24 fevralgacha va 1923 yil 23 apreldan 24 iyulgacha bo‘lib o‘tgan Lozanna konferensiyasida ishlab chiqilgan, bu esa Lozanna shartnomasining imzolanishiga olib kelgan. Ittifoqchi kuchlar shartnoma shartlariga muvofiq olib chiqilgunga qadar neytral zonani egallashda davom etdilar.
Mudanhiya sulhi haqida munozara boshlang
Munozara sahifalarida foydalanuvchilar Vikipediya maqolalarini yaxshilash bilan bogʻliq masalalarni muhokama qilishlari mumkin. Mudanhiya sulhi sahifasini qanday qilib yaxshilash borasida muhokama boshlash uchun ushbu sahifadan foydalanishingiz mumkin.