Munozara:Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
Mazkur sahifa Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi maqolasini yaxshilash masalalari muhokama qilinadigan munozara sahifasidir. |
Sahifalar siyosatlari
|
Manbalar izla: Google (kitob · yangiliklar · akademik · erkin tasvirlar · WRS) · FENS · JSTOR · NYT · VP kutubxonasi |
Tanqidi
[manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasida bir qator kamchiliklarni kuzatish mumkin. Masalan, ensiklopediya 2000-2005-yillarda nashr qilingan boʻlsa ham, baʼzi maqolalarda eski maʼlumot berilgan. Tabiiy fanlarga oid mavzular koʻp hollarda hech bir oʻzgartirishsiz Oʻzbek sovet ensiklopediyasidan olingan. Bunday maqolalarda shu sohalarda erishilgan yirik kashfiyotlar haqida soʻz yuritilmagan.
OʻzMEning yana bir koʻzga tashlanadigan jihati unda prezident Islom Karimov va uning hukumati noxolis tasvirlangan. Ensiklopediyada yana inson huquqlari va siyosiy tartibsizliklar bilan bogʻliq mavzular haqida imkon boricha soʻz yuritilmagan. Masalan, ensiklopediyada Oʻsh teatri haqida maqola bor, ammo Oʻsh voqeasi haqida yoʻq. Bu milliy nizo haqida Oʻsh shahri haqidagi maqolada ham hech nima deyilmagan.
Shu kabi kamchiliklar koʻrsatilgan manba topish kerak. Ammo bu oson boʻlmaydi, sababi oʻzbekcha manbalar OʻzME ni faqat koʻklarga koʻtarib yozadi. Chet elliklar fikr bildiray desa oʻzbekchani bilmaydi. Shu sabab yuqorida aytilgan kamchiliklar original researchga oʻxshasa ham maqolaga qoʻshishni taklif qilaman. Bunga qanday qaraysizlar? Nataev munozara 11:17, 12 fevral 2014 (UTC)
- {{Manbasiz boʻlim}} kabi andoza bilan qoʻshish mumkin. Abdulla munozara 11:25, 12 fevral 2014 (UTC)
ЎЗБEКИСТОН РEСПУБЛИКАСИ ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ ВА СПОРТ ВАЗИРЛИГИ
Ўзбекистон Республика Жисмоний тарбия ва спорт вазирлиги 2018 йил 5 мартда Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикаси Жисмоний тарбия ва спорт вазирлигини ташкил этиш тўғрисида”ги ПҚ-3583-сонли қарорига мувофиқ ташкил этилган.
Вазирлик жисмоний тарбия ва спорт соҳасида ягона давлат сиёсатини амалга оширувчи давлат бошқаруви органи ҳисобланади ва жисмоний тарбия ва спорт соҳасида давлат бошқаруви органлари фаолиятини мувофиқлаштиришни амалга оширади. Унинг ўз ваколатлари доирасида қабул қиладиган қарорлари давлат ва хўжалик бошқаруви органлари, маҳаллий давлат ҳокимияти органлари томонидан ижро этилиши мажбурийдир.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг ПҚ-3583-сонли қарорига мувофиқ, вазирликнинг ташкилий тузилмаси қуйидаги тизимда ташкил этилган: