Munozara:Omonulla Madayev
Omonulla Madayev 1942 yilning 20 mayida Toshkent shahrida tugʻilgan. 1964 yil Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. 1958 yil Toshkent shahar 1- sonli maktab-internat oʻqituvchisi, 1964 yil Toshkent shahar 82-sonli oʻrta maktab oʻqituvchisi sifatida ishlagan.
Toshkent davlat universitetidagi faoliyatini 1966 yili Oʻzbek mumtoz adabiyoti kafedrasi katta yordamchisi boʻlib boshladi. 1982 yildan Toshkent davlat universitetining oʻzbek mumtoz adabiyoti kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat olib borgan. 1973 yil “Xorazm xalq dostonlarining oʻziga xos xususiyatlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Ustoz Omonulla Madayev koʻp yillar davomida Oʻzbek pedagogika maktabi, folklorshunoslik maktabi va jurnalistikasiga katta hissa qoʻshgan atoqli olimlardan biridir.
Omonulla Madayev oʻzbek xalq ogʻzaki ijodi, adabiyotshunoslik va pedagogikaga oid bir qator darsliklar muallifi. Jumladan, “Insho qanday yoziladi?” (1989), 7, 9-sinflar uchun “Vatan adabiyoti” darsligi, akademik litseylar uchun “Xalq ogʻzaki poetik ijodi” darsligi domlaning qalamiga mansub. Olim ilk bor abituriyentlar uchun darslar tashkil etgan pedagogdir.
Olim 2019 yil 2 mart kuni 76 yoshida vafot etdi.
Omonulla Madayev haqida munozara boshlang
Munozara sahifalarida foydalanuvchilar Vikipediya maqolalarini yaxshilash bilan bogʻliq masalalarni muhokama qilishlari mumkin. Omonulla Madayev sahifasini qanday qilib yaxshilash borasida muhokama boshlash uchun ushbu sahifadan foydalanishingiz mumkin.