Kontent qismiga oʻtish

Munozara:Shahnoza Samatova

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, erkin ensiklopediya

Oʻchirish borasida

[manbasini tahrirlash]

Menimcha, qolishi kerak. Qamoqdagi laureat haqida ham maqola yozish kerak! --Nataev munozara 07:01, 2-Aprel 2021 (UTC)

@Nataev: Zulfiya nomidagi davlat mukofoti 1999-yildan beri yiliga 28 ta xotin-qilzarga beriladi. Har biri haqidagi maqola ensiklopedik ahamiyatga egami ? Bundan tashqari, judayam katta nufuzli mukofot ham emas. Shunday ekan, bu maqolani ensiklopedik ahamiyati juda katta shubha ostida, maqolani juvonmarg qilishni taklif qilaman. --ITPRO.UZ (munozara) 17:03, 4-Aprel 2021 (UTC)
@ITPRO.UZ: Boshqacharoq qilib aynan ularni orasidan sara va boshqa tomondan koʻproq ish qilganlarini alohida qilish kerakmikin? Aynan shaxslar boʻyicha qoidalar toʻliq oʻzbek tiliga tarjima qilinmagani va shaxslarni kiritish boʻyicha turli fikrlar yuritib, lekin shu boʻyicha sahifa yaratilib keyin yana uzoq muhokamaga qolib ketishi biroz gʻalati menimcha. Bular haqida yetarlikcha manbaa topsa boʻladi (umumiy), manbaalar beriladi, lekin chiqarib yuborilishga tayyorlanadi keyin. --Mirshohid Ismatov (munozara) 01:00, 5-Aprel 2021 (UTC)
Salom, @MirshohidIsmatov:! VP:KISHIning hozirgi holatini hisobga olib, ushbu maqolaga nisbatan eʼtiroz boʻlmasligi kerak deb oʻylayatgan boʻlishingiz mumkin. Sizningcha, qoidani yaxshilanishini kutishimizdan oʻzga chora qolmayatganga oʻxshaydi ;). Shunday boʻlsada, maqolaning ensiklopedik ahamiyatini, yaʼni maqola qahramoni (talaba qiz) ВП:КЗПning qaysi boʻlimiga aynan mos kela olishini koʻrsata olasizmi? Undan tashqari, kim sizga yuqoridagi koʻrsatmani beryapti, foydalanuvchini bilsak boʻladimi? — Kagansky (munozara) 15:40, 5-Aprel 2021 (UTC)
xayrli kech, @Kagansky:! Tarjimani kutib, ruslarnikidan aynan hozirgi vaqtda foydalanish toʻgʻrimikin degan fikr ham bor bir tomondan) lekin asosiy qismlarini olib, yozib qoʻyilsa yana ham aniqroq va tushunarliroq boʻlar edi. Agar Oʻzbek tilida hali yozilmagan lekin kuchda boʻlgan qoidalar boʻlsa mayli, oʻchirishga chiqaraveramiz. Lekin telegramdagi guruhda aynan shaxslar boʻyicha berilgan koʻrsatmalar ham baʼzida qarshi chiqib qolayapti. — Mirshohid Ismatov (munozara) 05:54, 5-Aprel 2021
@MirshohidIsmatov:, @Kagansky: o‘chirmaslik uchun ajoyib argument ko‘rsatyapsizlarku! Qoidalarni tarjima qilinmagani, har qanday maqola yozish mumkin degani emas. @Kagansky: O‘chirishga andozasini qanday asosga tayanib olib tashladingiz ? --ITPRO.UZ (munozara) 14:07, 5-Aprel 2021 (UTC)
:) @ITPRO.UZ:, oʻzini tahririni qaytargani uchun Vikipediyada hech qanday javobgarlik yoʻqligiga eʼtiboringizni qaratmoqchiman. Undan tashqari, Kagansky, adminlarga yordam sifatida asosli qoʻshgan delete teglari uchun bir necha marotaba rahmat eshitgan, keyinchalik esa, oʻsha rahmat eshitgan deletelari uchun rahmatchilardan biri uning mehnatini asossiz bir pul qilishga uringanidan zerikkani uchun, sizdan oldin qoʻshgan delete tegini olib tashlagan. Fikrimcha, „ajoyib argument“chilar safiga Kaganskyni bekorga qoʻshgansiz (mening yuqoridagi, ushbu munozaram kimgadir qaratilganligiga eʼtibor bersangiz, buning aniq shohidi boʻlasiz). @MirshohidIsmatov:, telegramm guruhlarda sizga qandaydir koʻrsatmalar berilayatganligiga ishonchingiz komilmi? Undan tashqari, bunaqa guruhlardagi yozishmalar Vikipediyada aks ettirilmas ekan, undagi koʻrsatmalar ham Vikipediya uchun bir tiyin boʻlib qolaverishidan xabaringiz boʻlsa kerak? Oʻzbekcha Vikipediya qoidasida koʻrsatilmagan, lekin boshqa Vikilarda mavjud talabni Vikipediya talablariga zid deb sizga qaysi foydalanuvchi koʻrsatma berdi? — Kagansky (munozara) 15:33, 5-Aprel 2021 (UTC)
@MirshohidIsmatov:, maqolaga doir yuqoridagi savolimni qaytarishga majburman. Maqolaning ensiklopedik ahamiyatini, yaʼni maqola qahramoni (talaba qiz) VP:KZPning qaysi boʻlimiga aynan mos kela olishini koʻrsata olasizmi? Undan tashqari, kim sizga yuqoridagi koʻrsatmani beryapti, foydalanuvchini bilsak boʻladimi? — Kagansky (munozara) 15:40, 5-Aprel 2021 (UTC)
@Kagansky:Oʻylashimcha "Руководители и наиболее активные в публичной деятельности представители достаточно влиятельных политических партий и движений разных стран (влиятельность политической организации определяется как регулярным участием в выборах, так и активной и систематичной внепарламентской деятельностью: организацией демонстраций и манифестаций, законодательными инициативами и т. д.).
Руководители и наиболее активные в публичной деятельности представители достаточно влиятельных политических и общественных неполитических организаций, действующих в общегосударственном или международном масштабе (влиятельность организации определяется систематическим освещением её деятельности в источниках высокой степени авторитетности: общенациональных СМИ, энциклопедиях, научных работах и т. п.). Правозащитники, миротворцы и другие лица, в персональном качестве участвующие в сущностно важных для жизни региона, страны или мира событиях." shu 2 ta qism, orasi ajratilgan. Lekin bu boʻlimni yuqori qismida asosan yirik siyosiy shaxslar haqida gap ketgan ekan. Endi talaba qiz masalasiga kelsak, uning sahifasi taklif sifatida kiritilayotgan sahifa sifatida yaratilgan. Aslida hozirga qadar Zulfiya mukofotini olganlarni manbaalari qidiriladigan boʻlsa ular orasida rostdan ham ensiklopedik ahamiyatga egalari koʻp uchraydi, lekin manbaalarni topish doim ham oson boʻlmaydi. Agar munozara yana uzoq hamda shunday davom etadigan boʻlsa oʻylashimcha sahifani yopish kerak, boʻldi. Sababi bunday narsalar uchun yana biroz vaqt bordek tuyilayapti. Bundan tashqari yuqoridagi xabarni qayta tahrirlabsiz, maʼlumotlar endi aniqroq boʻldi — Mirshohid Ismatov (munozara) 21:07, 5-Aprel 2021
@Kagansky: O‘zingiz haqingizda uchinchi shaxsdek gapirayotganingizga qaraganda jahlingiz chiqibti. O‘chirishga andozasini olib qo‘yganinizni pastdagi izohlarda ko‘rdim. O‘zingiz olib qo‘ygan tahriringizga javob bering demayabman, shunchaki qiziqdim nimaga olganingizni. Umuman olinganiga. „Ajoyib argument“chilar safiga boshqa Kaganskyni qo‘shmayman. --ITPRO.UZ (munozara) 15:56, 5-Aprel 2021 (UTC)
Baraka topgurlar, meni xabarimni pastga tushurmasdan xabar qoldiringlar. --ITPRO.UZ (munozara) 16:08, 5-Aprel 2021 (UTC)
@MirshohidIsmatov:, "bunday narsalar uchun yana biroz vaqt bordek tuyilayapti" deb oʻrinli fikr aytdingiz. Zeroki, talaba siz koʻrsatgan shaxslar kategoriyasiga kirmaydi. Zulfiya nomidagi davlat mukofotinining bir yoʻnalishi sovrindori boʻlganining oʻzi esa, u toʻgʻridagi maqola ensiklopedik ahamiyatga ega darajasiga yetishganidan darak bermaydi. — Kagansky (munozara) 16:30, 5-Aprel 2021 (UTC)
Muallifning yuqorida bergan javobiga asosan, ensiklopedik ahamiyatga ega boʻlmagan ushbu maqolani oʻchirilishi tarafdoriman. — Kagansky (munozara) 17:07, 5-Aprel 2021 (UTC)
Kaganskyni fikrini qo‘llab quvvatlayman. @Nataev: Ikki ta tajribali foydalnuvchilarning fikri inobatga olinar--ITPRO.UZ (munozara) 17:18, 5-Aprel 2021 (UTC)

Manbaalar va to‘ldirish

[manbasini tahrirlash]

Tahrirlashda yozilganidek manbaalar hali to‘liq kirilmagan. Bundan tashqari ushbu talaba bir necha yillar oldin sportdan ham erishgan yutuqlari, aʼzoliklari hamda qo‘yilgan nomzodliklari bo‘yicha to‘liq bo‘lmagan manbaalar bor. Zulfiya nomidagi davlat mukofoti tomonidan ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, ushbu mukofot bir necha yillardan beri, katta darajada o‘tkazib kelinayapti degan fikrdaman. Aynan ushbu mukofotni olganlarni ro‘yxati shakllantirilgan sahifa ham ochish mumkin.-- Foydalanuvchi:MirshohidIsmatov munozara 12:58, 2-Aprel 2021 (UTC)