Kontent qismiga oʻtish

Munozara:Ulug‘bek Ismatov

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, erkin ensiklopediya

Oʻchirishga

[manbasini tahrirlash]
  • Maqola mavzusi ensiklopedik ahamiyatga ega emas. „Mashhur“ bloggerning „olamshumul“ startap loyihalaridan birida gʻolib boʻlganligining mavzuga hech qanday taʼsiri yoʻq. — Kagansky (munozara) 20:39, 6-Iyul 2021 (UTC)
    Assalomu alaykum. Oʻylashimcha barcha manbalar toʻliq keltirilgan va ular yetarlikcha ushbu shaxsning ensiklopedik ahamiyatga ega ekanligini koʻrsata oladi. Bundan tashqari tahriringizda markaz boshligʻi haqida maʼlumot keltirilmaganligi haqida aytgan ekansiz(oʻchirishga bergandan soʻng manbani ham olib tashlagan ekansiz(*tahrirlandi)). Maqolaning pastki qismida „Loyihalar boshqaruv markazi“ (ishchi nomi MPMG, hamda BeCreative media) haqida koʻrishingiz mumkin.
    Vikipediya:Qoida va koʻrsatmalar bilan tanishib chiqdim, lekin shaxsiyat boʻyicha aniq koʻrsatmalar qoldirilmagan ekan.
    Agar keltirilgan bosma nashrlar ham manba boʻla olmasa aynan nimalar xato yoki kam boʻlsa koʻrsating toʻgʻrilayman. Mos boʻlmasa Vikipediya:Betaraf nuqtai nazar qoʻshilsa boʻlar ekan. NematjonMansurov (munozara) 21:40, 6-Iyul 2021 (UTC)
    Manbalarnig keltirilganligi va qoidalar bilan tanishayotganingiz tahsinga loyiq. Oʻzbekcha Vikipediya qoidasida koʻrsatilmagan, lekin boshqa Vikilarda mavjud talab Vikipediya mezonlariga zid boʻlmasligini taʼkidlagan holda, eʼtiboringizni mana bu sahifaga qaratmoqchiman Vikipediya:Ensiklopedik ahamiyat (kishilar). Talablarning toʻliq versiyasi esa ushbu sahifaning boshqa tildagi Vikiloyihalarda keltirilgan (masalan RuVikida). Shunday ekan, maqola qahramoni VP:KZPning qaysi ostboʻlimiga aynan mos kela olishini koʻrsata olasizmi? Sizningcha maqola qahramoni kim? Tadbirkormi, bloggermi, dasturchimi? — Kagansky (munozara) 22:17, 6-Iyul 2021 (UTC)
    Manashu, boshqa tildagi Vikipedia talab va meʼzonlarini oʻzbek tiliga moslab chiqilsa yaxshi boʻlar ekan, har tomonlama tushunish uchun.
    Endi siz koʻrsatgan ayrim qoidalarga kelsak. Vikipediya:Ensiklopedik ahamiyat (kishilar)da obroʻli manbalar haqida gap ketgan, lekin aynan u sahifaning ichida bunday manbalar keltirib oʻtilmagan (bizda koʻrsatsa boʻladigan, asosiylari). Xalqaro manbadan steppe koʻrsatilgan edi, lekin uni 2-tahrirlashda olib tashlabsiz, aynan shu berilgan manba boʻyicha maʼlumot keltirilgan edi. Shaxs (qahramon)ga kelsak, yigʻilgan manbalarda koʻplab javoblar berilgan va oxirigi holatda(hozirgi kunda) Oʻzbekiston yoshlar ittifoqiga qarashli Loyihalar boshqaruvi markazi rahbari. Maʼlumot oʻrnida Yosh tadbirkor ham aynan shu tashkilotlardan.
    Bundan tashqari Vikipediya:Ensiklopedik ahamiyat (kishilar), Vikipediya:ASOSIY da shaxsning ahamiyatga moliyligi toʻgʻrisida mustaqil manbalar keltirilishi lozim — deb yozilgan qismi ham mavjud ekan.
    RuVikida esa siz koʻrsatgan qism asosan sanat va siyosiy shaxslar koʻrsatilganini bildim. NematjonMansurov (munozara) 22:42, 6-Iyul 2021 (UTC)
    "Koʻrsating toʻgʻirlayman" deb, koʻrsatilgan qoidalarni toʻliq oʻrganib chiqmay turib, ulardagi oʻzingizga yoqqan qismlaridan misol keltirayotganingiz juda gʻalati tuyulyapti. 1) VP:KZPga qaytadan yana bir bora nazar solingchi. "Sanat va siyosiy shaxslar"dan tashqari juda koʻp ost boʻlimlar mavjudligini koʻrmayapsiz. Toʻgʻrimi? U yerda alohida koʻrsatilgan din yoki pornoindustriya arboblari sizningcha bir turdagi faoliyat bilan shugʻullanuvchi shaxslar. Toʻgʻrimi? Ular, siz taʼkidlagan, "Sanat shaxslar"iga toʻgʻri kelishadimi yoki "siyosiy shaxslar"gami? 2) Men steppeda "qizlar haqida BeCreativ Media asoschisi, MPMG rahbari — mening yaqin doʻstim va uning jamoasi bilan ijtimoiy roliklar tayyorladik" deyilganligini koʻrib turibman. Maqola qahramoni „Loyihalar boshqaruv markazi“ rahbari deyilgan yerini, yoki „Loyihalar boshqaruv markazi“, oʻzingiz taʼkidlagandek, — "ishchi nomi MPMG, hamda BeCreative media" ekanligi koʻrsatilgan qismni Steppedan koʻrsatingchi. Koʻzimni moshday ochingchi. 3) Endi asosiy mavzuga oʻtsakda, sizga yuqorida berilgan savollarga, gapni aylantirmasdan, aniq javob bersangiz. Qaytarib soʻrashga majburman, maqola qahramoni VP:KZPning qaysi ostboʻlimiga aynan mos kela olishini koʻrsata olasizmi? 4) ruschada toza qiynalsangiz va tarjima qilish yoʻllari sizga nomaʼlum boʻlsa agar, Vikipediya:Ensiklopedik ahamiyat (kishilar)ning Qoʻshimcha mezonlardan misol keltirsangizam boʻladi. Qarab koʻringchi, maqola mavzusi ulardan qay biriga toʻgʻri kelarkan. 5) Sizningcha maqola qahramoni kim? Tadbirkormi, bloggermi, dasturchimi? 6) Siz mingta manba keltirganingiz bilan, ensiklopedik mohiyat boʻlmasa umuman foydasi yoʻq! — Kagansky (munozara) 07:24, 7-Iyul 2021 (UTC)
    Oʻylashimcha qoidalardan yoqqanini emas Oʻzbek tilida bor, keltirilganlaridan (siz yoʻnaltirgan) keltirdim. Vikipediya:HARQANDAYSHAXS esa yuqori tomondagi qismni inkor qilayotgandek ham tuyildi.
    Umumiy shaxs haqidagi maʼlumotga kelsak yuqorida aytib oʻtdim. STEPPEga kelsak MPMG mos kelmaydi deyayapsiz, lekin BeCreative media mos kelayapti, demak bu tomoni toʻgʻri. Markaz rahbari ekanligini neytrallashtirish uchun Oʻzbekistonda 1929-yilda asos solingan, lekin soʻngi yillik faoliyatlari ham kam boʻlmagan jurnal(yosh kuch)dan bir emas 2 ta son keltirilayotganini koʻrib lekin ularga eʼtibor bermayapsiz yoki inobatga olmayapsiz. Telegramdagi aynan shunga oʻxshash muammolar boʻyicha xabarlar va javoblari bilan tanishib chiqdim. Ularni barchasi sahifani toʻldirish, manbalar berish boʻyicha ham xabarlar keltirilgan.
    Bundan tashqari wikipedia ochiq manba, toʻldirishda qarashish haqida ham gapirilgan (bu joyda saytdan boshqasi mos kelmaydi deb aytishingiz ham mumkin, hozir sizni aynan kim ekanligingizni ham bilmayman). Ketma-ket negativlik va boshqa narsalar bilan aynan ushbu shaxsni oʻziga shaxsiy qarshiligingiz ham bordek koʻrinayapti.
    Agarda qaysidur qismi rostdan xato boʻlsa siz ham tahrirlashingiz mumkin edi, shunday ham qildingiz. Faqat {{delete}} ni qoʻshgandan keyin, hayronman nega.
    ВП:КЗП bilan tanishib chiqqanim va undan keyin rahbarlikka almashtirish mumkinligi haqida yuqorida xabar qoldirgan edim. Ammo barchasini inkor qilayapsiz.
    Shu bilan birga manbalar keltirilganida nafaqat mahalliy balki boshqa, Peopleʼs dailydan ham havola keltirilganiga eʼtibor qaratishingizni so‘rayman. NematjonMansurov (munozara) 09:22, 7-Iyul 2021 (UTC)
    Siz hozirda tirik boʻlgan shaxs toʻgʻrisida maqola yaratyabsiz. Vikipediya:HARQANDAYSHAXS bilan tushunib tanishib chiqqaningiz yaxshida, lekin savolga javob berishdan qochish yaramaydi. VP:KZP bilan tanishib chiqqan boʻlsangiz, maqola mavzusi sizningcha undagi qaysi ostboʻlimga toʻgʻri kelarkan? Bilsak boʻladimi? Vikipediya:HARQANDAYSHAXSnichi, aqalli bitta punkti toʻgʻri keladimi? — Kagansky (munozara) 09:39, 7-Iyul 2021 (UTC)
    Yuqorida bir necha marta oʻzbek tilidagi qoidalarni bir biriga mos kelmasligi, borlarini mos keladigan yaʼni manbalar qismi bor. VP:KZP da esa quyidagi qism yaʼni VP:KZPU VP:BIZ larning mos kelishini koʻrdim.
    Menimcha oʻzimizning koʻrsatma, qoidalarni yaratish vaqti ham kelmadimikin? Telegram guruhda ham shu bilan bogʻliq koʻplab muammolar, tortishuvlar boʻlgan ekan, lekin shunda ham aniq bir yechim yoʻq, faqat ruslar. Guruhda adminlar qoldirgan izohlar boʻyicha toʻldirilsa ham ruslarga yoʻnaltirilayapti.
    Maʼlumot oʻrnida troll emasman, NematjonMansurov (munozara) 10:04, 7-Iyul 2021 (UTC)
    Xullaskalom, sizga qoidalar masalasida podskazka boʻlishiga va ularga asoslanib 3 marotaba qayta-qayta berilgan aniq savollarga qaramay sizdan tuzuk javob boʻlmadi. Bunga sabab, birinchi murojatimda yozganimdek, maqola mavzusi Ensiklopedik ahamiyatga ega emas. Endi Administratorlarning ensiklopedik ahamiyatga ega boʻlmagan ushbu maqolaga nisbatan qaror chiqarishlarini kutib qolamiz. — Kagansky (munozara) 14:16, 7-Iyul 2021 (UTC)
    Yuqorida ajratib bergan savollaringizni barchasiga alohidadan javob bermagandurman, lekin umumiy holatda barcha tomonlama shaxsni koʻrsatib bera oldim degan fikrdaman. Bundan tashqari VP:KZP dan alohida, 1 ta boʻlsa ham qism soʻradingiz, Predprinimateli i menedjeri qismidan sizga VP:KZPU, VP:BIZ lar haqida xabar qoldirdim. Manbalarni umumlashtirganimizda shunga mos kelayapti.
    Hozir olib tashlagan manbani boshqa tomonga sozlab, tahrirlayman. Agar adminstratorlar qayta koʻrib chiqishadigan boʻlishsa.
    Munozara ochib, yozganingizdan keyin sizni adminstratorlardan biri deb oʻylagan edim. Mayli, unda kutamiz) rahmat NematjonMansurov (munozara) 15:54, 7-Iyul 2021 (UTC)
    Munozara sahifasini yaratish uchun administrator boʻlish shart emas. Demak maqola mavzusi qahramoni sizningcha tadbirkor. BeCreative media reklama agentligining rahbari. Yuqoridagi ostboʻlimga asoslanib, siz uni yirik kompaniya egasi sifatida qarayabsiz. Sizni toʻgʻri tushundimmi? — Kagansky (munozara) 17:21, 7-Iyul 2021 (UTC)
    Shunday, lekin oʻylashimcha siz faqat keltirilgan manbalardan 1 tasini moslab keltirayapsiz, berilayotgan maʼlumotlarni neytrallashtirish maqsadida (oldin ham aytganimdek) boshqa manbalardan shaxsning loyihalari va hozirgi asosiy rahbarlik lavozimi (Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi ga qarashli boʻlgan* „Loyihalar boshqaruvi markazi“ — MPMG haqida ham) maʼlumot keltirib o‘tilgan, Steppedan esa siz so‘ragan qism uchun asosiy maʼlumot.
    Shaxsning qiladigan ishlari boʻyicha sizga mos qismi koʻrsatildi, boshqa bir tomondan alohida keltirilayotgan manbaalar bilan ham ko‘rsatilgan. Aynan hozir boshqa resurslardan maʼlumotlar yig‘ilmoqda.
    Keyin EnWikini ko‘rib, tanishib chiqdim, unda WP:CREATIVEning 3-qism bosh qismi(RuWikida bunday qism yo‘q edi)ni hozirgi shaxsning Eʼtirof va boshqa maʼlumotlar qismida 11-manba bilan berilgan qismiga mos kelishi ham ko‘rsak bo‘ladi. NematjonMansurov (munozara) 18:08, 7-Iyul 2021 (UTC)
    Qoyil. Mayli, administratorlar yoki tajribali Vikihamkasblarimiz fikrini kutaylikchi. 11-manba bilan koʻrsatilgan matnni maqola preambulasida ham koʻrsatsa toʻgʻri boʻlsa kerak unda. — Kagansky (munozara) 18:34, 7-Iyul 2021 (UTC)
    Maqola, wikipedia talablariga javob beradi. Iltimos, inson faktoriga emas, texnologik yechimni inobatga olaylik. Qandaydir keraksiz sanʼatkordan koʻa shunaqa shaxslar haqida maʼlumoar kiritib, uzbek wikipediasini boyitaylik, doʻstlar! Foydalanuvchi: GulomNazarov 16:35, 8-Iyul 2021 (UTC)


  • Мақолани ўчириш тарафдориман. Sf7.uz (munozara) 07:14, 10-Iyul 2021 (UTC)