Munozara:Urush tantanasi
Qiyofa
Maqola nomini qayta nomlash haqida
[manbasini tahrirlash]Assalomu alaykum @Jamshid Nurkulov:, @Kagansky:, @Mirzoulugʻbek:, @Nataev: Oʻzbek Sovet ensiklopediyasining 3-tomida rassomga oid maqolada bu surat „Urush tantanasi“ deb keltirilgan (surat nomi ruschadan oʻzbekchaga tarjima qilganda ham shunday boʻladi), maqolani yuqorida keltirilgan nomga qayta nomlash kerak, „Urush apofeozi“ga yoʻnaltirish berib toʻgʻri qilingan, ammo inglizcha nomi orqali koʻpchilik bu suratni qidirmaydi. Humoyun Qodirov (munozara) 19:25, 8-Iyul 2024 (UTC)
- Bajarildi. Maqola ichida ham oʻzgartirdim. Nataev munozara 00:28, 9-Iyul 2024 (UTC)
- Katta rahmat Humoyun Qodirov (munozara) 01:04, 9-Iyul 2024 (UTC)
- Assalomu aleykum. Avvalambor rahmat ma'lumot uchun. Lekin Apofeoz so'zini faqat Tantana degan ma'nosi emas, balki salbiy oqibati degan ma'nosi borligi uchun ham ushbu nomni o'z holatiga qoldirishga qaror qilgandim. Ensiklopediyada menimcha aniq tarjima emas, chunki ko'plab ekspertlar ushbu kartinani Urush oqibati yoki apofeozi deb aytishgan. Hali men Urush Tantanasi degan nomga duch kelmadim.
- yana bir bor RAHMAT! wikitolog (munozara) 05:40, 9-Iyul 2024 (UTC)
- Assalomu alaykum Oʻzbek Sovet ensiklopediyasida bu surat „Urush tantanasi“ deb keltirilgan, ensiklopediya esa nufuzli manba, chunki uni tuzishda koʻplab olimlar ish olib borishgan, yana mana bu maqolada surat „Jang tantanasi“ deb qayd qilingan. Mana bu saytdagi maʼlumotda „Urush tantanasi“, Abdulla Sherning „Estetika. Nafosat falsafasi“ darsligida esa „Urushning tantanali qoʻshigʻi“ deb yozilgan. Shuningdek, „Urush apofeozi“ga yoʻnaltirish berib toʻgʻri qilgansiz. Humoyun Qodirov (munozara) 08:50, 9-Iyul 2024 (UTC)