Muntazir
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Muntazir (taxallusi; ismi Yusufqori) (1831, Qoʻqon — 1889, Andijon) — shoir. Qoʻqondagi "Madrasai oliy"ni tugatgach, mudarrislik qilgan. U Nizomiy, Hofiz, Navoiy, Bedil asarlarini chuqur oʻrgangan. Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Pisandiy, Muhay-yir, Rojiy Margʻinoniylar bilan yaqindan tanishgan, adabiy hamkorlik qilgan. Xudoyorxon oʻgʻli Nasriddinbekni Andijonga hokim etib tayinlaganda, M.ni unga maslahatchi qilib yuboradi (1860). Shu sababli umrining oxirigacha Andijonda yashab ijod qiladi.
M. oʻzbek va forstojik tillarida yozgan zullisonayn shoir sifatida shuhrat qozongan. Mumtoz sheʼriyatning anʼanaviy janrlarida ijod qilgan, koʻproq gʻazal, muhammas, muvashshah, ruboiylar yozgan. Ularda zamonadan shi-koyat, erk va maʼrifat gʻoyalari ifodalangan. M.ning "Bayozi Muntazir" sheʼ-rlar toʻplami bizgacha yetib kelgan. Bayo-zga 800 misradan koʻproq sheʼrlari kirgan.
Ad:. Asrlar nidosi, T., 1982; Ahmadjo-nova F., Adabiyotimizning oʻchmas siymolari, T., 1983.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |