Kontent qismiga oʻtish

Muomala harajatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muomala harajatlari — tovar muomalasi jarayoni bilan bogʻliq boʻlgan jami sarflar. Muomala harajatlari mohiyatiga koʻra sof va qoʻshimcha harajatlarga boʻlinadi. Sof harajatlar tovarlarni bevosita oldisotdi qilish bilan bogʻliq harajatlardir. Sof harajatlarga bevosita savdoni uskunalar bilan jihozlash, binolarni isitish, yoritish, savdo xodimlariga haq toʻlash va hokazo harajatlar kiradi. Qoʻshimcha harajatlarga tovarlarni tashib isteʼmolchilarga yetkazish, ularni saqlash, qismli to-varni yigʻish (mas, mebel), ularni joylashtirish, oʻrash, reklama va boshqa harajatlar kiradi.

Muomala harajatlari ning asosiy koʻrsatkichi uning darajasi hisoblanadi va tovar aylanmasi hajmiga nisbatan foiz bilan oʻlchanadi. Muomala harajatlari tovar narxi tarkibiga kiradi. Shuning uchun ham uning darajasi aholi turmush darajasiga bevosita taʼsir koʻrsatadi.

Savdo madaniyatining yuksalishi Muomala harajatlarini pasaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil