Muqaddam Mukarramov
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Muqaddam Mukarramov (? — Buxoro — 1936) — kandakor, Buxoro kandakorlik maktabining yirik vakili. Us t a Olim Abdusalomovdan hunar oʻrgangan. Kandakorlik usullarini yaxshi bilgan M., ayniqsa, anʼanaviy naqshlarni mahorat bilan bajargan, ijodida anʼanaviy naqshlar bilan eron kandakorligi naqshlarini uygʻunlashtirib qoʻllagan, naqsh mujassamotlarida qusnixat muhim oʻrin tutgan, baʼzan u buyum yuzasini tuliq qoplagan; bezaklar sayqali, turunj va aylana hoshiyalarni uygʻunlashtirish bilan buyumlarning badiiyligi va ifodaliligini oshirishga, bezaksiz sayqallangan metall buyumlarda nodir ifodalilikka erishgan. M. yaratgan buyumlar (jumladan, laʼli, dastshoʻy va boshqalar) respublika muzeylarida saqlanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |