Muqimiy (shaharcha)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Muqimiy — Fargʻona viloyatishn shaharcha (1989-yildan). Qoʻqon shahar kengashiga qarashli. Aholisi 7,4 ming kishi (2003), asosan, oʻzbeklar, shuningdek, rus, tatar, koreys va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Qoʻqon. M.dan viloyatmarkazi (Fargʻona)gacha 100 km.
M. Yangi Qoʻqon kimyo zavodining qurilishi munosabati bilan 1982-yilda Qoʻqon shahridan janubroqda yoʻldosh shaharcha sifatida vujudga kelgan. M.ning asosiy sanoat korxonasi — spirt zavodi (ekologik sabablarga koʻra faoliyati toʻxtatilgan mineral oʻgʻitlar ishlab chiqaruvchi kimyo zavodi spirt ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan). Shaharchada umumiy taʼlim, musiqa maktablari, kutubxona, poliklinika, savdo, maishiy va madaniy shoxobchalar mavjud. M. xududidan Fargʻona — Yaypan, Sariqoʻrgʻon — Soʻh yoʻllari bilan tutashgan Qoʻqon — Sariqoʻrgʻon avtomagistrali oʻtgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |