Kontent qismiga oʻtish

Murjan masjidi

Koordinatalari: 33°20′20″N 44°23′37″E / 33.3390°N 44.3935°E / 33.3390; 44.3935
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Murjan masjidi
arabcha: جامع مرجان
Masjid minorasi
Mamlakat  Iroq
Shahar Bagʻdod
Koordinatalar 33°20′20″N 44°23′37″E / 33.3390°N 44.3935°E / 33.3390; 44.3935
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor arabcha: أمين الدين مرجان
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Bino maydoni 1,500 square metre (16,000 kv ft)
Hajmi 1200 kishi
Gumbazlar soni 3
Gumbazlar soni 3
Holati amaldagi

Murjan masjidi (arabcha: جامع مرجان) al-Rashid koʻchasidagi tarixiy masjid, Iroqning Bagʻdod shahrida Shoʻrja bozori va Abboud binosi yaqinida joylashgan[1]. Devor bilan oʻralgan masjid shayxlar, jumladan, Aminiddin Murjan qabri, shuningdek, madrasaning joylashish oʻrni bilan ham ahamiyatlidir. Bugungi kunda u Bagʻdodning muhim ahamiyatga ega qadimiy yodgorligi hisoblanadi[2].

Tashkil etilishi va ahamiyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
1946-yilda vayron boʻlgunga qadar Amin al-Din Murjan qabri. 1918-yilda olingan surat.

Ilgari Madrasa Murjaniya deb atalgan boʻlib, unga Amin al-Din Murjan [ar] asos solgan. 1356-yilda bino ta’miri jaloyiriylar sultoni Avis bin Hasan Alilixoniy tomonidan moliyalashtirilgan. Shuningdek, u masjid yaqinida joylashgan Xon Murjan ziyoratgohini ham qurdirgan. Madrasadai ulamolar toʻrtta sunniy mazhablarini oʻrgangan va Bagʻdoddan keltirilgan oʻquv materiallar bilan taʼminlangan. Keyinchalik talabalar uchun Dajlaga qaragan kasalxona tashkil etilgan. Kasalxona oʻz oshxonasiga ham ega boʻlgan. 1353-yilda Murjan vafotidan keyin madrasaga dafn etilgan va qabri tepasiga gumbaz oʻrnatilgan[3][4][5][6].

James Silk Buckingham 1816-yilda Bagʻdodga tashrifi chogʻida, al-Xulafa masjidini ziyorat qilgandan keyin Murjan masjidiga tashrif buyurgan, uning yozuvlarida kirish eshigi va gʻishtlari haqida qayd etilgan. U masjid haqida quyidagilarni yozadi:

„Uning yuzasida bir xil qadimiy va juda boy Islimiy asarning bitiklari bor. Masjidning oʻzi zamonaviy boʻlib, uning ichki qismida hech qanday diqqatga sazovor narsa mavjud emas, lekin uning kirish eshigi juda chiroyli. Bu baland eshik archa daraxtidan yasalgan. U qirrali shaklga ega, har tomondan ketma-ket tushirilgan kamarlar bilan chegaralangan, nafis tarzda oʻyilgan, naqshlar yon tomonidan koʻtarilib, tepada toʻqnashgan, deyarli ark shakliga ega.“[7]

Iroq mustaqillikka erishgandan keyin

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Latif al-Ani tomonidan olingan 1960-yillardagi masjid surati.

Iroq Qirolligi mustaqillikka erishgandan soʻng ar-Rashid koʻchasi ochilganda, muhandislar masjidni olib tashlashni taklif qilishdi, chunki bu koʻchani toʻgʻirlashga toʻsqinlik qilgan, ammo qirol Faysal I masjidni buzish gʻoyasini rad etgan, bu qaror ham qoʻllab-quvvatlangan. Britaniyalik arxeolog va yozuvchi Gertrude Bell tomonidan yaratilgan asarda inshootning muhim madaniy meros obyekti ekanligi qayd etilgan. Garchi bu bahs 1946-yilda ar-Rashid koʻchasining kengaytirilishi paytida yana paydo boʻlgan boʻlsa-da, u yerda joylashgan masjidning ayrim qismlarini buzish kerakligi taklif qilingan. Koʻp qismi buzilmagan, Bagʻdodning koʻplab ulamolari bu gʻoyaga qarshi chiqishgan boʻlsa ham, ushbu holat loyihaning bir muncha vaqtga kechiktirilishiga sabab boʻlgan[2].

Poytaxt meri Arshad al-Umari matbuot anjumani oʻtkazadi va quyidagi fikrlarini bayon etadi:

„Vayron boʻlgan qadimiy masjidga boʻlgan bunday katta qiziqishdan hayratdaman va u vayron boʻlganidan keyin uning oʻrniga kattaroq va hashamatli masjid qurishga tayyorman. Xoʻsh, shunday ekan, nega bu qatʼiylik va boʻy sunmaslik holatlari sodir boʻlmoqda?“[2]

Bu fikrdan soʻng, u Bagʻdodiy gazetalarining maqtoviga sazovor boʻldi, ammo shunga qaramay, masjid va madrasaning bir qismi Aminiddin Murjan ziyoratgohi joylashgan arxeologik gumbaz bilan birga ar-Rashid koʻchasi kengashi uchun buzib tashlandi[2][3][4][5][6]. Masjidning narigi tomonida namozxonasi bilan birga davlat idoralari nazorati ostida avvalgi asl rejasiga muvofiq qayta qurildi[8]. Masjidda 1973-yilda Vaqf va Din ishlari vazirligi tomonidan taʼmirlash ishlari olib borilgan[3].

Madrasa kutubxonasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Madrasa katta kutubxonaga ega boʻlib, bu inshoot olim Noʻmon al-Alusiyning sovgʻasi hisoblanadi, uni maktabdagi oʻquvchilari uchun vaqf qilgan. Nodir salafiy kitoblarining koʻplab qoʻlyozmalarini oʻz ichiga olgan ushbu kutubxona Jamoat fondlari kutubxonasi tasarrufiga oʻtgan, keyinchalik AQShning Iroqqa bostirib kirishi paytida yoqib yuborilgan Bab al-Moatham shahrida joylashgan Jamiyat Vaqflar kutubxonasiga topshirilgan[9].

Joriy tartib va tavsif

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Masjid ibodatxonasidagi mehrob surati.

Masjid 1,500 square metre (16,000 kv ft) maydonga ega va oʻzida 1200 namozxonni sigʻdira oladi. Namozgohning tepasida bitta asosiy gumbaz va ikkita kichik gumbaz joylashgan boʻlib, masjid devor bilan oʻralgan[3]. Hozirgi masjid binosi madrasaning vayronagarchilikdan omon qolgan boshqa qismiga oʻrnatilgan. Uning ustida uchta gumbaz koʻtarilgan boʻlib, ulardan eng kattasi oʻrta gumbazdir. Oʻrtadagi masjid gumbazi madrasa kutubxonasiga taqlidan bunyod etilgan. 2003-yildan keyin masjid infratuzilmasi tartibsiz boʻlib ketdi, uning atrofida tasodifiy yertoʻlalar va shiftlar qurildi. Sotuvchilar ham shu yerga joylashib olishgan. Masjidga eʼtiborsizlik tufayli ifloslik va isrofgarchilik holati ham odatiy holga aylangan[2][10].

Hozirgi kundagi koʻrinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Masjid 2014-yilda

2023-yilda iroqliklar tarixiy masjidni qarovsiz holatdaligini aks ettiruvchi suratlar tarqatilganidan soʻng oʻzlarining gʻazablari va hayratlarini ijtimoiy media platformalarida bayon eta boshlashdi. Rasmlarda masjidning chiqindixonaga aylangani, ayniqsa uning darvozasi oldida koʻp miqdorda axlat toʻplanganligi koʻrsatilgan. Yana bir suratda Murjan masjidi darvozasi yaqinida chiqindi sochilib yotgani, turib qolgan suv va tuproq uning kirish eshigi hamda tashqi hovlilarini qoplagani aks ettirilgan. Faollar masjid poydevoriga yigʻilib qolgan suvning sizib chiqishi sababli, masjid darvozasi qulash xavfi borligini ma’lum qilishgan. Bu voqea blogerlar va faollar orasida hukumatning arxeologik va tarixiy yodgorliklarga eʼtiborsizligi, ularni Madaniyat va turizm vazirligi nazoratiga olinmagani hamda yuzlab yillar avval qurilgan inshootda davriy taʼmirlash ishlari olib borilmayotgani haqidagi kuchli munozaralarga sabab boʻldi. Bu Bagʻdodning tarixiy oʻziga xosligini yoʻq qilish va uning qadimiy yodgorliklariga zarar yetkazishning aniq maqsadi sifatida etirof etilgan. Baʼzilar bu holatni masjidni qasddan eʼtiborsiz qoldirish deb gumon qilishgan[10][11].

  1. Advish Abboud Building… Recalling the Past as a Modernist". almadapaper.net. Al Mada newspaper. Archived from the original on 12-31-2022. View it on 12-31-2022.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 „الگاردينيا - مجلة ثقافية عامة - حول تاريخ جامع مرجان .. واكذوبة قصة الايطالي موركان! وحالة“. www.algardenia.com. Qaraldi: 2023-yil 15-avgust.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 البغداديون أخبارهم ومجالسهم – إبراهيم عبد الغني الدروبي – مطبعة الرابطة -بغداد – 1958p.281
  4. 4,0 4,1 جامع مرجان. Masajed Iraq. Retrieved January 4, 2018.
  5. 5,0 5,1 Baghdad Mosques and their Antiquities – Authored by: Mahmoud Shukri Al-Alusi
  6. 6,0 6,1 „قراءة ثانية لعمارة: خان مرجان : بهو بغداد المترف“. almadapaper.net. Qaraldi: 2023-yil 4-avgust.
  7. Buckingham, James Silk. Travels in Mesopotamia (en). H. Colburn, 1827. 
  8. فرنسيس, بشير يوسف. موسوعة المدن والمواقع في العراق - الجزء الأول (ar). E-Kutub Ltd. ISBN 978-1-78058-262-7. 
  9. دليل الجوامع والمساجد التراثية والأثرية – ديوان الوقف السني في العراق – صفحة 43.
  10. 10,0 10,1 „العراق.. استياء لتحوّل جامع مرجان الأثري إلى مكب نفايات“ (ar). www.aljazeera.net. Qaraldi: 2023-yil 10-iyun.
  11. „جامع مرجان.. الفساد والاهمال يهددان ايقونة بغدادية تأريخية » وكالة بغداد اليوم الاخبارية“ (ar). وكالة بغداد اليوم الاخبارية. Qaraldi: 2023-yil 10-iyun.