Murod Chovush
Murod Chovush | |
---|---|
Asl ismi | Murod Karim o‘g‘li |
Tavalludi | 30-yanvar 1980-yil |
Fuqaroligi |
O‘zbekiston SSR Oʻzbekiston |
Shoh asari |
„Hech“ "Qora dengiz" |
Murod Chovush (asl ismi: Murod Karim o‘g‘li; 1980-yil 30-yanvar; Kitob tumani, Oʻzbekiston SSR) — yozuvchi, „O‘zbekiston adabiyoti va san‘ati“ va „Yozuvchi“ gazetalari hamda „Mushtum“ jurnalida ishlab kelgan jurnalist. Hozirda faoliyatini yakunlagan yozuvchi.uz saytining sobiq moderatori, „Hech“ va „Qora dengiz“ romanlari muallifi[1].
Hayoti va ijodiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Murod Karim o‘g‘li 1970-yil 30-yanvarida Qashqadaryo viloyatiga qarashli Kitob tumanida tug‘ilgan. 1999-yilda O‘zbekiston Milliy Universitetinining o‘zbek tili va adabiyotining kechki bo‘limini tugatgan. Murod Chovush tomonidan yozilgan „Hech“ romani oʻzbek adabiyotining „favqulodda oʻziga xos yangi ruhdagi asar“i deya eʼtirof etilgan[2]. Yozuvchi asar nomini tanlashdga Rauf Parfi turki boʻlganini oʻz intervyusi orqali aytib oʻtgan[3]. Asar Nazar Eshonqul va Mahmud Saʼdiy kabi oʻzbek adabiyotshunoslarlari tomonidan eʼtirof etilgan[4][5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „BBC mehmoni, yozuvchi Murod Karim o‘g‘liga savol yo‘llang“. 2023-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-aprel.
- ↑ „МУРОД ЧОВУШ. “ҲЕЧ”“. 2023-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-aprel.
- ↑ „Мурод Карим: "Рауф Парфи - ўзбек руҳини қайта тирилтирган афсонавий санъаткор"“. 2023-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-aprel.
- ↑ „YANGI AVLOD OVOZI (SUHBAT) (2013)“. 2023-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-aprel.
- ↑ „Мурод Човуш. ҲЕЧ“. 2023-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-aprel.