Murodbek Hamroyev
Murodbek Karimovich Hamroyev (1936.1.1, Olmaota — 1983.14.2, Toshkent) — adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori (1964), professor (1975). SSSR Pedagogika Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1979). Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1959). Qozogʻiston Fanlar akademiyasi Adabiyot va sanʼat institutida, akademiyaning uy-gʻurshunoslik boʻlimida ishlagan (1961—74), Qozogʻiston Fanlar akademiyasi Pedago-gika fanlari ilmiy tadqiqot institutida (1975—76), Oʻzbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida direktor oʻrinbosari (1976), direktor (1977— 83). Asosiy ilmiy ishi turkiy sheʼr tuzilishi asoslari mavzuida. Asarlari turkiy xalqlar mumtoz va hozirgi zamon sheʼriyatining qiyosiy tahli-liga, uning umumiy qonuniyatlari va asosiy xususiyatlarini koʻrsatishga bagʻishlangan. H. "Uygʻurcha-ruscha adabiyotshunoslik terminlari lugʻati" (1974), "Asarlar osha soʻnmas soʻz" (1969), "Asrlar sahifasi" (1972), "Navoiy va uygʻur adabiyoti" va boshqa asarlar muallifi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Osnovn tyurskogo stixoslojeniya, Alma-Ata, 1963; Istoriya, teoriya, masterstvo, Alma-Ata, 1964; Rassvet kultur! uygurskogo naro-da, Alma-Ata, 1967; Ocherki teorii tyurkskogo stixa, Alma-Ata, 1969; Uygurskaya literatura (Uchebnik), 2 izd., Alma-Ata, 1977.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |