Musa Jalil
Musa Jalil | |
---|---|
tatarcha: Муса Җәлил, Musa Cəlil, موسى ﺟليل | |
Tavalludi |
1906-yil 15-fevral |
Vafoti |
1944-yil 25-avgust Uchinchi reyx |
Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi, Russian Socialist Federative Soviet Republic va SSSR |
Musa Jalil (asl ism-sharifi Jalilov Muso Mustafoyevich; 1906-yil 15-fevral, Orenburg guberliyasi Mustafin qishlogʻi–1944-yil 25-avgust, Berlin) — tatar shoiri. Tatar opera va balet teatri asoschilaridan biri. Orenburg shahridagi „Husayniya“ madrasasida oʻqigan. 1922-yilda Qozon shahriga kelib, Tatar ishchi-yoshlar maktabida taʼlim olgan. Moskva universitetining adabiyot fakultetini tugatgan (1931). Moskvada chiqqan „Kichkina oʻrtoqlar“ („Kechkene ip-teshler“) nomli tatar jurnal muharriri (1927). Tatariston yozuvchilar uyushmasi raisi (1939–1941). 1942-yilning iyun oylarida fashizmga qarshi kurashda gitlerchilar qoʻliga tushib, Berlindagi Maobit qamoqxonasiga tashlangan va Plet-senze harbiy qamoqxonasida qatl etilgan (1944-yil 25 avgust). Musa Jalilning mashhur „Maobit daftari“ (1942–1944) sheʼrlar turkumi shu konslagerda yozilgan. „Oʻrtoqlar“ (1929) sheʼrlar toʻplami, „Xat tashuvchi“ (1940) dostoni, „Oltin soch“ (1941), „Eldor“ (1941) opera librettolari, „Okopdan xat“ (1946) kitobi va boshqa asarlar muallifi. „Maobit daftari“ sheʼrlar turkumi oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1956).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |