Kontent qismiga oʻtish

Libretto

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Libretto (italyancha: libretto — kitobcha) — musiqiy-dramatik asar (opera, operetta, musiqali drama va komediya)ning soʻz matni, balet spektaklining adabiy ssenariysh, shuningdek, mazkur asarlar mazmunining qisqacha bayoni. 17-asr dan teatr tomoshabinlari uchun kitobchalar tarzida chop etilgan (nomi shundan). Libretto mualliflari kompozitorlar bilan hamkorlikda ijod qiladi. 19-asrdan boshlab baʼzi kompozitorlar oʻz sahna asarlari uchun Libretto matnini qam oʻzlari yaratishgan (G. Berlioz, R. Vagner, M. Musorgskiy, S. Prokofyev, K. Orf va boshqalar). Libretto mavzulari asosini, koʻpincha, xalq afsona, doston va ertaklari ("Tohir va Zuhra", "Yoriltosh", "Malikai ayyor" operalari), mumtoz adabiyot ("Farhod va Shirin", "Layli va Majnun" operalari) va drama asarlari tashkil etadi (mas, Hamza asari asosida yaratilgan "Maysaraning ishi" operasi). Librettoni yaratish jarayonida adabiy asarlar musiqiy janrlar xususiyatlariga moslashtirib qisqartiriladi, baʼzida tubdan uzgartiriladi (mas, "Qargʻa motkasi" A. Pushkin hikoyasi va P. Chaykovskiy operasi). Oʻzbekistonda Libretto yaratish sohasida K. Yashin, S. Abdulla, H. Gʻulom va boshqa tanilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil