Musamman
Musamman (arab. — sakkizlik) — 1) arab, forstojik va oʻzbek mumtoz sheʼriyatidagi sheʼriy turlardan biri. M. 8 misrali bir necha banddan tashkil topadi. Birinchi band yagona qofi-yaga ega boʻladi, keyingi bandlarning faqat 7 misrasi qofiyadosh boʻlib, 8misrasi birinchi band bilan qofiyalanadi: a-a-a-a-a-aa-a, b-b-b-b-b-b-b-a, v-v-v-v-v-v-v-a kabi; 2) aruzda har baytda bir ruknning 8-marta takrorlanishidan vazn hosil boʻlishi. Masalan,Bir pari men telbani husnigʻa moyil qilgʻudekdur,Koʻzim ichra, yer tutib, koʻngluma manzil qilgʻudekdur.
Foilotun / foilotun / foilotun / foilotun(Bobur)Har bir bahr doirasida solim (rukni butun) va zihofli (rukni qisqargan) vaznlar boʻladi. Yuqoridagi baytda "foilotun" rukni ramal bahriga butun (oʻzgarmay) kirgani uchun bu vazn "ramali musammani solim" deb ataladi. [1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |