Kontent qismiga oʻtish

Mushak tizimi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Mushaklar odamning tayanch-harakat apparatining faol qismini tashkil qiladi va organizmning hayot faoliyati uchun eng zarur boʻlgan harakat vazifasini bajaradi. Mushaklar kimyoviy energiyani mexanik energiyaga aylantiruvchi tizim hisoblanadi. Qisqara oluvchanlik koʻplab hujayra turlarida kuzatiladigan xususiyat sanaladi. Biroq bu xususiyat mushak hujayralarida juda yuqori darajalarda amalga oshadi. Tizim qisqarganida kuch, energiya va issiqlik ishlab chiqaradi; shunday qilib harakat vujudga keladi. Harakatlar qisqarish va kengayish shaklida amalga oshadi. Mushaklar, ayni paytda tanani va aʼzolarni atrofdan keladigan tashqi taʼsirlarga qarshi himoya qilib, tayanch vazifasini ham O ʼ z zimmasiga oladi. Mushak holatining baholanishida, nerv uzatish tezligi hisoblanishida, refleks koʻriklarida qoʻllaniladigan mushakning elektr faolligining yozdirilishiga elektromiogramma (EMG) deyiladi[1].

Mushak toʻqima hujayralari boshqa baʼzi toʻqima hujayralariga koʻra baholangan ancha uzun boʻladi: ushbu shakli tufayli mushak tolasi (mushak hujayrasi) nomini oladi. Mushak toʻqima hujayralarining poʻstlogʻiga sarkolemma, sitoplazmasiga sarkoplazma, endoplazmik toʻriga sarkoplazmik toʻr deyiladi. Hujayralarning energiyaga boʻlgan ehtiyoji koʻp boʻlgani uchun sarkoplazmada koʻp sonda mitoxondriva va sarkoplazmik tor joylashadi. Shuningdek, sarkoplazmada qisqarib kengayish xususiyati boʻlgan, bir-biriga parallel uzaygan miofibrilla deb ataluvchi tolachalar boʻladi. miofibrillalar aktin va miozin deb ataluvchi protein ipchalardan (miofilament) hosil boʻlgan. Aktin bir-biri ustiga spiral shaklida oʻralgan ikkita protein zanjiri hisoblanadi. Har qaysi aktin molekulasida miozin va kalsiy ionlari uchun birikish joy mavjud boʻladi. Miozin molekulalarining har biri katta sharsimon bosh bilan tugagan, bir-biri ustiga oʻralgan ikki protein zanjiri hisoblanadi[2].

Mushak toʻqimani hosil qiluvchi miofibrillalar och va toʻq sohalardan hosil boʻluvchi tasmasimon shaklda koʻrilsa, koʻndalang-targʻil mushak nomini oladi. Skelet mushaklari va yurak mushagi koʻndalang-targʻil mushak tuzilishida boʻladi. Miofibrillalari tasma shaklini olmagan mushaklar esa silliq mushak deb nomlanadi.

  1. ODAM ANATOMIYASI» FANIDAN O„QUV USLUBIY MAJMUA, Toshkent – 2017 — 16-bet. Qaraldi: 10-sentabr 2023-yil. 
  2. Mushaklar (gyologia) Mushaklar haqida umumiy ma`lumot. Qaraldi: 10-sentabr 2023-yil.