Kontent qismiga oʻtish

Musharrafa Qosimova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Musharrafa Qosimova
Tavalludi 19-dekabr 1918-yil
Vafoti 1-aprel 2019-yil
Dushanbe Tojikiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRTojikiston bayrogʻi Tojikiston
Kasbi Aktrisa
Mukofotlari

Sharaf ordeni (Tojikiston)

«Mehnatda jasorat ko’rsatgani uchun (Harbiy jasorati uchun) yubiley medali. Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan»

Musharrafa Orifjonovna Qosimova (tojikcha: Қосимова Мушаррафа Орифҷоновна; 1918-yil 19-dekabr, Samarqand – 2019-yil 1-aprel, Dushanbe, Tojikiston) – sovet va tojik teatr va kino aktrisasi, Tojikiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1974). Tojikiston xalq artisti. SSSR Kinematograflar uyushmasi aʼzosi (1990)[1].

Musharrafa Qosimova 1918-yil 19-dekabrda Samarqandda tugʻilgan. Qosimovaning otasi Orifjon Rasuliy boshqa tojik ziyolilari qatori 1924-yilda Tojikiston poytaxti Dushanbega yuborilgan. 1930-yilda otasi oilasini Samarqanddan Dushanbega koʻchiradi. Oʻsha kunlarda yosh Musharrafa Toshkent tibbiyot bilim yurtiga oʻqishga kiradi va 1937-yilda otasi vafotidan soʻng maktabni tashlab, aka-ukalari bagʻriga qaytadi. Orifjon Rasuliy Stalin terrori avjiga chiqqan oʻsha qora 37-yilda „xalq dushmani“ sifatida qatl etiladi.

Oila farovonligini taʼminlash maqsadida Musharrafa oʻz yaqinlaridan biri, taniqli yozuvchi Gʻani Abdulloba koʻmagida Lohutiy nomidagi drama teatrini tashkil etadi[2].

Musharrafa tojik dramaturgi Abdulhaq Usmonovga turmushga chiqdi. Biroq Abdulhaq Usmonov 1942-yilda Ulugʻ Vatan urushi xandaqlarida halok boʻldi. 1946-yilda Musharrafa mashhur tojik teatri yulduzi Muhammadjon Qosimovga turmushga chiqdi va familiyasini Qosimovaga oʻzgartirdi[3].

Aktrisa butun umri Lohutiy nomidagi akademik drama teatri (19371983) aktrisasi, 1989-yildan esa „Gahvora“ teatr-studiyasida aktrisalik faoliyatini amalga oshirdi. 1956-yildan tojik kinematografiyasida faoliyat yuritadi[4][5]. Qosimova yoshligidan tojik sahnasida chiqish qilib, Tojikistonning tuman va qishloqlaridagi teatr spektakllarida ishtirok etib, doimo xalq orasida boʻlgan.

Musharrafa Qosimova Dushanbedagi Sari Osiyo qabristoniga dafn etilgan[6].

Qosimova „Sharaf“ ordeni, Mehnat Qizil Bayroq ordeni, „Shavkatli mehnat uchun“ medali, Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan taʼsis etilgan medal, „Mehnat faxriysi“ medali, Tojikiston xalq artisti, Tojikiston SSR xizmat koʻrsatgan artist (1974), Tojikiston Oliy Kengashi va Oliy Kengashi Prezidiumi, Tojikiston Madaniyat vazirligining Faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan[7].

  1. Ensiklopediya kino Tadjikistana. – Dushanbe: „ER-graf“, 1992. – S. 112. – 396 s. – ISBN 978-99947-919-4-1.
  2. „На 102-м году жизни умерла советская актриса Мушаррафа Касымова“. Российская газета. 2020-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-aprel.
  3. „МОДАРИ ТЕАТРИ ТОҶИК МУШАРРАФА ҚОСИМОВА 100-СОЛА ШУД!“. Qaraldi: 2023-yil 12-sentyabr.[sayt ishlamaydi]
  4. ru/boygonii-navidho-mayi-s-2015 Sarnavisht va isteʼdod[sayt ishlamaydi]
  5. tojikfilm. tj/index. php?option=com_content&view=article&id=545%3A2014-07-03-11-55-42&catid=56%3A2014-02-10-17-35-38&Itemid=218&lang=ru Kasimova Musharafa
  6. „Известная таджикская актриса Мушаррафа Косимова скончалась на 102-м году жизни“. 2020-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-iyun.
  7. Ensiklopediya kino Tadjikistana. – Dushanbe: „ER-graf“, 1992. – S. 112. – 396 s. – ISBN 978-99947-919-4-1.