Kontent qismiga oʻtish

Musiqa cholgʻu asboblari

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Musiqa cholgʻu asbobidan yoʻnaltirildi)

Musiqa cholgʻu asboblari -musiqiy ton yoki oʻziga xos jarangdor tovushlar hamda maʼlum ritmik tuzilmalarni hosil etishga moʻljallangan cholgʻu asboblar; musiqani yakkanavoz yoki jamoa (turli ansambl, orkestr va boshqalar) tarzda ijro etishda ishlatiladi. Har bir Musiqa cholgʻu asboblarining sadosi oʻziga xos tembr, maʼlum diapazotm tovushqator va ifodaviy imkoniyatlarga ega. Musiqa cholgʻu asboblaria. sadosining sifati, koʻpincha, muayyan cholgʻu asbobining shakli, umumiy tuzilishi, qurilmasi va uni tayyorlashda ishlatilgan materialga bogʻliq. Musiqa cholgʻu asboblari qadimdan qamish, bambuk, yogʻoch, tosh, suyak, metall, teri, ipak, kokos yongʻogʻi, qovoq va boshqalardan tayyorlangan. Sadolanish xususiyatini qoʻshimcha vositalar (mas, surdinayaan foydalanish), ijrochilik uslublari (mas, torli sozlarni tirnab-chertib chalish, flajolet va boshqalar), baʼzi musiqa bezaklari yordamida oʻzgartirish mumkin. Paydo boʻlishi insoniyat tarixining ilk davrlariga toʻgʻri keladi; mukammallanishi esa musiqa sanʼati va ijrochilikning rivojlanishi hamda Musiqa cholgʻu asboblaria.ni ishlab chiqarish texnika taraqqiyoti bilan bogʻliq.

Musiqa cholgʻu asboblaria. tovush manbalariga qarab guruhdarga, ijrochilik uslubi (yoki ishlatilgan mexanizmi)ga qarab guruhchalarga, oʻziga xos qoʻshimcha belgilariga qarab xillarga boʻlinadi. Musiqa cholgʻu asboblaria., asosan, torli (xordofonlar), puflab chalinadigan (aerofonlar), teri qoplamali (membranofonlar), tilchali (gemidiofonlar), plastinkali, elektr va elektron musiqa chol-gʻulari, idiofonlar guruhlariga boʻlinadi. Torli cholgʻu asboblarning guruh.chalari: kamonli sozlar (skripka, alt, violonchel, kontrabas, viola, oʻzbek so-zlaridan gʻijjak, koʻbiz, sato va boshqalar), chertib chalinadigan sozlar (arfa, gusli, sitra, gitara, domra, balalayka, dutor, tanbur, rubob, setor, doʻmbira va boshqalar), urib chalinadigan torli sozlar (chang, simbali va boshqalar), klavishli urib chalinadigan sozlar (klavikord, fortepiano, royal), klavishli chertib chalinadigan sozlar (klavesin va uning turlari). Puflab chalinadigan cholgʻu asboblarning guruhchalari: tilchali sozlar (surnay, qoʻshnay, boʻlamon, shoxnay, klarnet, goboy va boshqalar), tilchasiz sozlar (naylar, fleytalar), mundshtukli sozlar (truba, valtorna, tuba, karnay va boshqalar), pnevmatik klavishli sozlar (organ va uning turlari). Tilchali cholgʻu asboblarning boʻlinmalari: pnevmatik klavishli sozlar (fisgarmoniya, bayan, akkordeon va boshqalar), chertib chalinadigan sozlar (changkoʻbiz va uning turlari), urib chalinadigan sozlar (fleksatonlar). Teri qoplamali urib chalinadigan cholgʻu asboblarning guruhchalari: sozlanadigan (litavralar), sozlanmaydigan (nogʻora, doyra, baraban, tamburin va boshqalar) cholgʻu asboblar. Plastinkali cholgʻu asboblarning guruhchalari: urib chalinadigan rezonatorsiz sozlar (ksilofonlar va boshqalar), urib chalinadigan rezonatorli sozlar (ovoz beradigan plastinkalari ostida maʼlum hajmdagi rezonatorlar – trubkalar, boʻsh idishlar va hokazo oʻrnatilgan metallofon, marimba, vibrafon va boshqalar), klavishli urib chalinadigan sozlar (chelesta va boshqalar).Idiofonlarning guruhchalari: sozlanadigan (orkestr kolokoli, koʻngʻiroqchalar, gong va boshqalar), sozlanmaydigan (tarelkalar, tamtam, marakas, qayroq, qoshiq, safoil, likop, patnis, mis lagan, zang va boshqalar) cholgʻu asboblar.

Musiqa cholgʻu asboblaria. baʼzida xalq va professional (orkestr) turlarga ham boʻlinadi. Orkestr cholgʻulari kompozitor tomonidan yaratilgan, temperatsiyali tovushqatorga asoslangan koʻp ovozli musika asarlari ijrosiga moslashtirilgan. Xalq cholgʻulari esa maʼlum millat (elat) monodik musiqa ijrosi uchun qoʻllanadi va musiqiy tovush quroli boʻlish bilan birga, moddiy madaniyat mahsuli hamdir; mukammal shaklida xalq badiiy tafakkuri, nafosat tasav-vurlari, ramziy maʼnolar aks etgan. Cholgʻular xalq hayotida sof estetik vazifa bajarishdan tashqari shomonbaxshilar, afsungarlar ruhiyatga taʼsir oʻtkazishda, harbiylar, choʻponlar, deh-qrnlar tomonidan boshqaruvchi, qoʻrqituvchi, chorlovchi tovush quroli sifatida foydalanib kelingan.[1]

== Manbalar ==goboy

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil