Mustafa Kemal Atatürk haykali (Boku)
Mustafa Kemal Atatürk haykali — 2010-yil 17-mayda, Boku shahrida Turkiya Respublikasining asoschisi, Turkiya mustaqillik urushidagi Turk milliy harakati rahbari Mustafa Kemal Atatürkga[1] oʻrnatilgan haykaldir.
Yodgorlikni oʻrnatish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turkiya Respublikasi asoschisi Mustafa Kemal Atatürk haykali 2010-yil 17-may kuni, Bokuning Nasimi tumanida, Turkiyaning Ozarbayjondagi elchixonasi oldida, Samed Vurgun va Boqixonov koʻchalari kesishmasidagi bogʻda oʻrnatildi. Ochilish marosimida, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va uning rafiqasi Mehribon Aliyeva, Turkiyaning o‘sha paytdagi Bosh vaziri Recep Tayyip Erdoğan va rafiqasi Emine Erdoğan ishtirok etdi. Tadbir munosabati bilan Ozarbayjon va Turkiya davlat bayroqlari bilan bezatilgan bog‘da faxriy qorovul saf tortdi[2]. Yodgorlik muallifi Ozarbayjon xalq rassomi, Ozarbayjon Davlat Badiiy Akademiyasi rektori Omar Eldarov[3].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Bakıda Türkiyə Respublikasının banisi Mustafa Kamal Atatürkün abidəsi açılmışdır“ (az). Халг газети (2010-yil 18-may). 2019-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-iyun.
- ↑ „Bakıda Türkiyə Cümhuriyyətinin qurucusu Mustafa Kamal Atatürkün abidəsi açılmışdır“ (az). president.az (2010-yil 17-may). 2019-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-iyun.
- ↑ „Eldarov Ömər Həsən oğlu“ (az). science.gov.az. 2019-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-iyun.