Mustafo Kamol Otaturk koʻchasi (Toshkent)
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Uzunligi | 1 km |
Avvalgi nomlari |
Erjar koʻchasi S. M. Kirov koʻchasi |
Kim sharafiga nomlangan | Mustafa Kemal Atatürk |
Koʻchada joylashgan binolar |
Navoiy teatri Oʻzbekiston rus akademik drama teatri Toshkent shahar kasaba uyushmalari kengashi „Zarafshon“ restorani |
Mustafo Kamol Otaturk koʻchasi – poytaxt markazidagi koʻchalardan biri. Islom Karimov va Alisher Navoiy koʻchalari oraligʻida. Uzunligi 1 km atrofida.
XIX asrning 2-yarmida tashkil topgan. 1934-yilgacha Erjar nomi bilan yuritilgan. 1934-yil 21-dekabrda shoʻrolar siyosat arbobi S. M. Kirov (1886-1934), 1992-yil 27-aprelda Turkiya Respublikasining birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturk (1881-1938) nomi berilgan[1].
Yoʻnalishida Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri, Oʻzbekiston rus akademik drama teatri, shahar kasaba uyushmalari kengashi, „Zarafshon“ restorani, „Alp Jamol“ banki, Qimmatbaho metallar agentligi va supermarketlar joylashgan. Buxoro, Matbuotchilar va Istiqlol koʻchalari bilan kesishadi. Yaqinida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Toshkent universal savdo markazi, Yoshlar ijod saroyi, „Nuroniy“ jamgʻarmasi, "Mustaqillik maydoni" metro bekati, Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi gazeta korpusi va bosmaxonasi bor.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.