Kontent qismiga oʻtish

Mustamliy Buxoriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mustamliy Buxoriy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 1043-yil (hijriy 434-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi faqih, mufassir va tasavvufshunos olim

Xoʻja Abu Ibrohim Ismoil ibn Muhammad ibn Abdulloh al-Mustamliy al-Buxoriy — faqih, mufassir va tasavvufshunos olim, tasavvuf nazariyasi asoschilaridan biri. Uning „Sharh at-taʼarruf li-mazhab at-tasavvuf“ („Tasavvuf yo‘lini tanishtirish“ asariga sharh) asari bor. Bu asar „Nur ul-muridin va fazihat ul-muddaʼin“ („Muridlar uchun nur va daʼvogarlar uchun qo‘rquv“) va „Nur ul-muridini sharhi taʼarruf li-mazhab at-tasavvuf“ („Tasavvuf yo‘lini tanishtirish“ asari sharhi orqali muridlarga bag‘ishlangan nur) hamda „Kashf ul-mahjub sharh at-tasavvuf“ („Tasavvuf sharhida yashirin narsalarni ochib berish“) nomlari bilan mashhur bo‘lgan. Olim milodiy 1043-yil (hijriy 434-yil) Buxoroda vafot etgan[1].

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 111-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.