Mutant
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mutant — mutatsiya natijasida organizmning irsiy oʻzgargan formasi. M. tabiiy yoki mutagenlar taʼsirida paydo boʻlishi mumkin. Aksariyat M. boshlangʻich organizmlar (yovvoyi formalar)dan turli xil strukturaviy tuzilishi, funksiyasining buzilishi va koʻp hollarda hayotchanligi pasayishi bilan farq qiladi. Ayrim hollarda odatdagi muhit sharoitida ham (shu jumladan, sunʼiy tanlash jarayonida) qimmatli xoʻjalik belgilari boʻyicha selektiv ustunlikka ega boʻlgan M.lar paydo boʻladi. Bunday M. oʻsimliklarning boshqa navlari, xayvonlarning yangi zotlari va mikroorganizmlarning yangi shtammlarini yaratishda keng qoʻllanadi. Genetikada M.dan mutatsi-on jarayon krnuniyatlari, genetik ap-paratning ishlashi yoki har xil moddalar biosintezi yoʻllarini oʻrganishda foydalaniladi. M.lar tabiiy tanlanish uchun boshlangʻich material berishi tufayli organizmlar evolyusiyasida muhim ahamiyatga ega.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |