Mutare tumani
Mutare tumani bu - Zimbabve sharqidagi Manicaland viloyatida joylashgan tuman hisoblanadi. Hududning shtab-qarorgohi Mutare shahridir.
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hududning tarkibidagi qishloq maydoni 5,523 km2 va shahar maydoni esa 191 km2 ni tashkil etadi. Mazkur hudud sharqda Mozambik, shimoli-sharqda Mutasa tumani, shimoli – gʻarbda Makoni tumani, janubi-gʻarbda Buhera tumani hamda janubi-sharqda Chimanimani tumani bilan chegaradosh.
Mutare shahri viloyatning shimoli-sharqiy burchagida, Mozambik davlatining chegarasiga yaqin joylashgan. Mutare – bu tumanning eng yirik shahri hisoblanadi va ushbu shahar Zimbabvedagi toʻrtinchi oʻrinda turuvchi yirik shahardir. Boshqa shaharlar Chiadzwa va Odzini oʻz ichiga oladi.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022-yilda roʻyxatga olingan hisob-kitoblarga koʻra tumanning qishloq joylarida aholi soni 306 ming 760 kishiga teng. Mutare shahrining aholisi esa 224 802 kishini tashkil etgan[1].
Transporti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Harare shahridan Mozambikdagi Beira portigacha boʻlgan yoʻl (R5, yoki eski raqamlash tizimida A3) asosiy hisoblanib, sharqiy-gʻarbiy qismi Mutare tumanidan oʻtib, xalqaro chegaralar Mutare shahrining sharqini kesib oʻtadi.
Beira-Bulawayo temir yoʻli oʻz temir yoʻl stansiyasiga ega boʻlib, mazkur temir yoʻl ham Mutare shahri orqali oʻtadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Citypopulation.de Population of provinces and districts in Zimbabwe