Kontent qismiga oʻtish

Mutatsionizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mutatsionizm — yirik oʻzgarishlar tufayli evolyusiyani sakrash yoʻli bilan sodir boʻladigan jarayon sifatida qaraydigan biologiyadagi konsepsiya. M.ning asoschisi evolyusiyaning mutatsion nazariyasini yaratgan X. De Friz hisoblanadi. M.ga binoan makromutatsiyalar yoki saltatsiyalar deb atalgan yirik oʻzgarishlar boshlangʻich tur individlarida vujudga kelib, yangi hayotiy formalarni hosil qiladi. Bu formalar muhitning qulay sharoitlarida yangi turlarning boshlangʻich manbai sifatida namoyon boʻladi. M. irsiy oʻzgarishni evolyusiyaning harakatla-nuvchi bosh kuchi sifatida tan oladi; tabiiy tanlanishning vazifasi mutatsiya tufayli vujudga kelgan turlarni saqlab qolib, muhit sharoitiga mos kelmaydiganlarini nobud etishdan iborat, deb hisoblaydi. Bunday dunyoqarashlar preadaptatsion (L. Keno va Ch. Devenpor), saltatsion (R. Goldshmidt), gibridogenez (Ya. Lotsi) kabi nazariyalarning ham asosini tashkil etadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil