Kontent qismiga oʻtish

Mutiu Adepoju

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mutiu Adepoju
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Mutiu Adepoju
Tavallud sanasi 22-dekabr 1970-yil (1970-12-22) (53 yosh)
Tavallud joyi Ibadan, Nigeriya
Boʻyi 1.80 m
Ampluasi Yarim himoyachi

Mutiu Adepoju (1970-yil 22-dekabrda tugʻilgan) – nigeriyalik sobiq professional futbolchi boʻlib, yarim himoyachi sifatida maydonda toʻp surgan.

Adepoju oʻz faoliyatining asosiy qismini Ispaniyada oʻtkazgan. Yetti mavsum davomida La Liga musobaqasida jami 175 ta oʻyin oʻtkazib, 22 ta gol urgan. Adepoju asosan Racing de Santander va Real Sociedad klublari safida toʻp surgan[1].

Adepoju 12 yil davomida Nigeriya milliy futbol terma jamoasida oʻynab, mamlakatining sharafini uchta Jahon chempionati va uchta Afrika Millatlar Kubogida himoya qilgan.

Klubdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ibadanda tugʻilgan Adepoju 1989-yilda Nigeriyani tark etib, „Real Madrid“ klubiga qoʻshilgan, ammo hech qachon klubning asosiy tarkibiga kira olmagan. 1992—1993-yilgi mavsum ajoyib boʻlgan, chunki Adepoju Segunda Divisiónda 11 ta gol urib, Racing de Santander klubining La Ligaga qaytishiga yordam bergan[2][3], Adepoju keyingi uch yil davomida Racing de Santander klubida doimiy ravishda toʻp surib kelgan.

Adepoju 1996—1997-yillarda Real Sociedad klubiga oʻtgan, ammo dastlabki muvaffaqiyatli mavsumdan soʻng basklar klubida asosiy tarkibdan joy olishda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelgan. 2001—2002-yillarda Adepoju Saudiya Arabistonining Al-Ittihod (Jidda) klubida oʻynagan, biroq tez orada Ispaniyaga qaytib, u yerda ikkinchi diviziondagi UD Salamanca klubi tarkibida kamdan-kam maydonga tushgan.

Adepoju Turkiya va Kiprdagi yana ikki muvaffaqiyatsiz mavsumdan soʻng, 2006-yilda Ispaniyaning quyi ligasida futbolchilik faoliyatini yakunlagan. Keyinchalik Adepoju oʻzining ilk klubi boʻlgan „Shooting Stars FC“ klubida bosh murabbiy boʻlib ishlagan[4].

Terma jamoadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adepoju 1989-yilgi FIFA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida oʻynagan Nigeriya U20 terma klub aʼzosi boʻlgan. Uning yarim finalda Amerika Qoʻshma Shtatlarga qarshi oʻyindagi (oʻyinda Kasey Keller gol urdi) faollligi Portugaliyaga qarshi final oʻyiniga chiqishni taʼminladi va bu oʻyinda esa jamoasi 2:0 hisobida magʻlub boʻlgan.

Adepoju milliy futbol terma jamoasida 48 ta oʻyin oʻtkazib, oltita gol urgan. Adepojuning terma jamoadagi debyuti 1990-yil avgust oyida Togoga qarshi oʻyinda boʻlgan, ammo uning muvaffaqiyati 1992-yilgi Afrika Millatlar Kubogida boʻlgan[5]. Adepoju musobaqada terma jamoasiga gʻalaba qozonishda yordam bergan[6].

Adepoju 1994, 1998-yillarda FIFA Jahon chempionatlari uchun Nigeriya terma jamoasining tarkibida boʻlgan, terma jamoa Ispaniyaga qarshi 3:2 hisobida gʻalaba qozongan, oʻyinda Adepoju gol urgan, va 2002-yildagi oxirgi musobaqasida Adepoju asosyi tarkibda oʻyinda qatnashamagan[7].