Kontent qismiga oʻtish

Muvaffaqiyatli insonlarning 7 koʻnikmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muvaffaqiyatli insonlarning 7 koʻnikmasi
Asl nomi The 7 Habits of Highly Effective People
Muallif(lar) Stiven Kovi
Muharrir(lar) X. Yoʻldoshev (oʻzbekcha tarjimada)
Tarjimon(lar) Orifaxon Gʻulomova (oʻzbekcha tarjimada)
Mamlakat AQSH
Til inglizcha
Nashr etilgan sanasi 1989
Nashriyot Free Press
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 30-yanvar 2020-yil
Sahifalar soni 381
ISBN 0-7432-6951-9

Muvaffaqiyatli insonlarning 7 koʻnikmasi (inglizcha: „The 7 Habits of Highly Effective People“) – Stiven Kovining shaxsiy rivojlanish janridagi kitobi[1][2].

Kitob ilk bor 1989-yilda nashr etilgan. 15-yildan soʻng 2004-yilga kelib, kitob 38 dan ortiq xorijiy tillarga oʻgirilgan va jahon bo‘ylab 40 milliondan ortiq nusxada sotilgan. „Time“ jurnali 2011-yil avgustda ushbu kitobni asosiy biznes kitoblarning 25 talik ro‘yxatiga kiritgan. Oʻzbek tiliga 2020-yilda Asaxiy Books loyihasi muallifligi asosida tarjima qilingan[2].

Kitob insonning kamol topishi, shaxs hayotining mazmuni va voqea-hodisalarga beradigan reaksiyasi haqida hikoya qiladi. Kovi ko‘plab liderlik, muvaffaqiyat, samaradorlik mavzusidagi kitoblarni oʻqib, ularni tahlil qiladi va ushbu tahlillari asosida fikr yuritadi[3].

Qabul qilinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1994-yil oxirida AQSh prezidenti Bill Klinton Kovini boshqa mualliflar qatori Kemp Devidga kitob gʻoyalarini oʻz prezidentligiga qanday kiritish boʻyicha maslahat berish uchun taklif qildi[4][5]. 2011-yil avgust oyida Time jurnali 7 ta koʻnikmani „Biznesni boshqarish boʻyicha eng taʼsirli 25 ta kitob“ roʻyxatiga kiritdi[6]. 2012-yilda Kovi vafot etganidan soʻng, kitob 20 million nusxadan koʻproq sotilgan[7].

  1. „The 7 Habits of Highly Effective People" author, Stephen Covey, dies“. 2012-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. 2,0 2,1 Stiven Kovi. Muvaffaqiyatli insonlarning 7 koʻnikmasi, Orifaxon Gʻulomova tarjimasi (Oʻzbek), Toshkent: "QAQNUS MEDIA" nashriyoti [1989], 2020 — 380-bet. 
  3. Stiven Kovi. Muvaffaqiyatli insonlarning 7 koʻnikmasi. Toshkent: „Nihol nashr“ nashriyoti, 2021 — 380-bet. ISBN 978-9943-23-175-7. 
  4. Associated Press. „Clinton's informal meetings include a session with Covey“. Deseret News (1995-yil 4-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 30-avgust.
  5. Harper, Lena M. (Summer 2012). "The Highly Effective Person". Marriott Alumni Magazine (Brigham Young University). Archived from the original on July 19, 2012. https://web.archive.org/web/20120719221320/http://marriottschool.byu.edu/marriottmag/summer12/features/feature02.cfm. Qaraldi: August 11, 2012. Muvaffaqiyatli insonlarning 7 koʻnikmasi]]
  6. Gandel, Stephen (2011-08-09). „The 7 Habits Of Highly Effective People (1989), by Stephen R. Covey“. Time. Qaraldi: 2020-01-03.
  7. „'7 Habits' author Stephen Covey dead at 79“. CNN (2012-yil 16-iyul). Qaraldi: 2012-yil 17-iyul.