Muvashshah (janr)
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Muvashshah - Andalusiya (Arab Ispaniyasi) madaniyatida 8—10-asrlarda shakllangan aytim-cholgʻu turkum janri. Keyinchalik, 11 —13-asrlarda M. Shimoliy Afrika va Yaqin Sharq madaniyatida keng tarqalib, arab musiqasining mumtoz shakliy-andozaviy turiga aylandi. Zamonaviy arab musiqasida "M. al-Andalusiya", "M. almisriya", "M. alhalabiya" (Halab, Suriya) va boshqa M. turlari, ijroviy uslublari mavjud. M. mashhur arab xonandasi U mm Kul sum ijodida asosiy oʻrin egallab, eng mukammal musiqiy aytim-cholgʻu janr darajasida tan olindi. M. "davr" (cholgʻu kirish qismi), "xona", "qasida", "qafla" (aytim qismlari), "qita", "silsila" (aytim — cholgʻu oraliq va yakunlovchi qismlar) kabi tarkibiy boʻlimlardan iborat.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Yeolyan I. Traditsionnaya muzika arabskogo Vostoka, M., 1990.
Abdumannon Nazarov.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |