Kontent qismiga oʻtish

Muyassar Berdiqulova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muyassarxon Tursunovna Berdiqulova (1968-yil Namangan viloyatida tugʻilgan) — Oʻzbek Milliy Akademik drama teatrida 2007-yilda buyon ishlab kelmoqda. 2013-yil „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻsatgan artist“ faxriy unvoni sohibasi

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Berdiqulova Usmon Azimning „Oʻtgan zamon angomalari“da sotuvchi ayol, „Kunduzsiz kechalar“ida qiz, „Ogoh boʻling odamlar“ida Aziza, Valijon Umarovning „Ayolu“da Ayol, Abdulla Oripovning „Soibkiron“ida kanizak, Shukrulloning „asrat boi“da kotiba, Erkin Xushvatovning „Andishali kelinchak“ida Sumbilaxon, Munisaxon, „qirmizi olma“sida Sovchi, Zulxumor Soliyevaning „Bevalar“ida Raʼno, T.Mahmudov va D.Mamhudovalarning „Tortadurman jabrini“sida Oysara Shodieva, „Omonat dunyo“da Xotin-qizlar qoʻmitasi raisasi, „Uch kunlik dunyo“da Sharofat, V.Shekspirning „Yoz tuni gʻaroyibotlari“da Ippolitta, Erkin Aʼzamning „Talvasa“sida Klara, Jumaniyoz Jabborovning „Neksiya“sida Oydinxon, Hayitmat Rasulning „Oltin qiz“ida Munisa, Nurillo Abbosxonning „Tanho yulduzim“ida Manzura, „Oʻzbekcha raqs“ida vrach, Haydar Muxammadovning „Serhli quduqning siri“da enaga, qoʻchqor Norqobilning „Taqdir sinovlari“ida Sora, V.Delmarning „Omon boʻlgin, azizim“da Levitskaya, Lutfullo Maxmudovning „Imkon“ida Gulnafis, „Isnot“da Mastura Hamidovna, Sirojiddin Salohiddinovning „Bir qanotlilar“ida Amma, Rashod Nuri Guntekin „alala“sida Ruqiya, Sultonali Bolaboevning „Eng suluvli kelinchak“ida Zura, Farida Usmonovaning „Faridaning dil daftari“ida Amma kabi koʻplab obrazlar yaratdi.[1]

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Suratga tushgan seriallari
Yil Nomi Obraz Izoh
2004 Muhabbat sinovlari 2
2005 Kelgindi kuyov
2007 Yoʻqolgan odam
Vijdon
18-kvadrat
2009 Uqubat
2010 Jiyda guli Holida, Madinaning onasi
Fitna
Oʻyin ichida oʻyin
Sevginator 2
2012 Yolgʻizginam
Sevgi farishtasi
2013 Novda
Janob hot-dogchi
Kuyovmisan kuyov
Xoʻrlanganlar
Toʻqlikka shoʻxlik
Zamonaviy sovchilar [2]
Uy bekasi
2019 Zaharli tomchilar
2020 Qora atirgul

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Muyassar Berdiqulova haqida, oilasi, instagram, rasmlari“. www.savol-javob.com. Qaraldi: 13-avgust 2022-yil.
  2. „Muyassar Berdiqulova haqida“. /buluteka.com. 18-sentabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-avgust 2022-yil.