Muzaffer Şerif Başoğlu
Muzaffer Şerif | |
---|---|
Tavalludi |
1906-yil 29-iyul Izmir Ödemiş |
Vafoti |
1988-yil 16-oktabr Alaska AQSh |
Fuqaroligi | Turkiya va AQSh |
Kasbi | Psixiatr |
Ish joylari |
Prinston universiteti Yale universiteti Oklahoma universiteti |
Institutlar |
Istanbul universiteti bakalavriat Garvard universiteti magistratura Kolumbiya universiteti doktarantura |
Muzaffer Şerif Başoğlu (1906-1988-yillar) turk psixologi. U hukm nazariyasi va realistik nizolar nazariyasini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan. Shuningdek Başoğlu asoschilaridan biri bo‘lib, ijtimoiy jarayonlarni, ijtimoiy ziddiyat va ijtimoiy normalarni tushunish noyob usullarni ishlab chiqqan[1].
Hayoti va faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muzaffer Şerif 1906-yil 29-iyulda Izmirning Ödemiş tumanida tug‘ilgan. Dastlab Qizilchulludagi Izmir Amerika kollejida tahsil olgan. Keyinchalik Istanbulga ko‘chib o‘tadi va 1926-yilda Istanbul universitetining adabiyot fakultetining falsafa bo‘limini tamomlagan. 1928-yilda magistraturani tamomlagan[2].
Şerif Italiya-Turkiya urushi, Bolqon urushlari, Birinchi jahon urushi va arman qirg‘ini yillarida o‘sgan. Izmir Mustaqillik urushi paytida yunon askarlari tomonidan ishg‘ol qilinganida, Şerif universitetda o‘qir edi. Bir muddat o‘tagandan so‘ng Anqara Gazi ta’lim institutida psixologiya kurslaridan dars bera boshlagan. U milliy tanlovda ishtirok etib AQShda o‘qish uchun stipendiya yutib olgan va Garvard universitetida magistraturani tamomlagan. Doktoranturani o‘qish uchun esa Kolumbiya Universitetiga yo‘l olgan va Gardner Murphy rahbarligida "Idrokdagi ba’zi ijtimoiy omillar" mavzusidagi tezis bilan doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. Qisqa muddat Germaniya va Fransiyada ma’ruzalar o‘qiganidan so‘ng Muzaffer Şerif 1937-yilda Gazi ta’lim institutiga qaytgan. Oradan ikki til o‘tgach, u Anqara Universitetining psixologiya kafedrasi dotsenti sifatida ish boshlagan[3].
Bu davrda Muzaffer Şerif turli gazeta va jurnallarda irq va irqchilik haqida maqolalar yozgan. 1943-yilda yozgan " Irqiy psixologiya" nomli asarida irqiy kamsitish va turanizm g‘oyasini tanqid qilgan. Turkiya Kommunistik Partiyasi bilan aloqalari va Turanizmga qarshi yozgan maqolalari sabab universitetdagi yaqin do‘stlari bilan “Kommunistik targ‘ibot va milliy manfaatlarga dushmanlik” aybi bilan hibsga olingan. Sudlangandan so‘ng 27 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Ammo AQSh Davlat departamenti Turkiya hukumati bilan Muzaffer Şerifni ozod etish borasida muzokaralar o‘tkazdi va 40 kunlik hibsdan so‘ng mamlakatni tark etish sharti bilan ozod etilgan. Muzaffer Şerif Başoğlu AQSh hukumati tomonidan taklif etilgan stipendiyani qabul qilib, urush sharoitida harbiy samolyotda AQShga ketgan. Avval Prinston universitetida, keyin esa Yel universitetida ishlagan.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muzaffer Şerif 1945-yilda Kerolin Vud bilan turmush qurgan va ularning 3 ta qizi bor: Enn, Sue va Joan[4]. Psixologiyaga qo‘shgan hissalari Muzaffer Şerif 60 dan ortiq maqola va 24 ta kitob yozgan. U tadqiqotining ko‘p qismini rafiqasi Kerolin Vud Şerif bilan olib borgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „interdisciplinary relationships in the social sciences“. Qaraldi: 5-iyul 2017yil.
- ↑ „Muzaffer Şerif Başoğlu Kimdir“. Mona Psikoloji. Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.
- ↑ „Sınırları Aşmak: Muzaffer Şerif“. Anqara Universiteti. Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.
- ↑ „Muzaffer Şerif Başoğlu“. Turkiya Rasmiy Gazetasi. Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.