Kontent qismiga oʻtish

Muzalar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Muzalar (yun. musa) – 1) yunon mifologiyasida sanʼat, fan va poeziya maʼbudalari, Zevs va Mnemosinaning 9 qizi. Antik shoirlardan Gesiod (miloddan avvalgi 7-asr) 9 muzani eslatib oʻtadi. Xususan, Klio – tarix, Yevterpa – lirik poeziya, Taliya – komediya, Melpomena – temperaturagediya, Terpsixora – oʻyin, Erato – muhabbat lirikasi, Poligimniya – gimnlar, Uraniya – astronomiya, Kalliopa Muzalar va Musey torli cholgʻu asboblar bilan (Attika am-forasidagi surat, miloddan avvalgi taxminan 440 yil).

Muse, ehtimol Klio, varaqni oʻqiyapti (Chardakdagi qizil figura lekythos, Boeotia, tax. miloddan avvalgi 430 yil)

– epos maʼbudalaridir. Parnas va Gelikan togʻlari M.ning yoktirgan joylari hisoblangan. M.ning rahbari Apollon boʻlgan. M.ning ayrim nomlari key-inchalik sanʼatning turli koʻrinishlarida sinonim sifatida qoʻllanila boshlangan. M. obrazlari antik va Yevropa tasviriy sanʼatida (S. Bottichelli, Ya. Tintoretto va boshqa asarlarida) oʻz ifodasini topgan. 2) Kuchma maʼnoda M. – ilhom parilari. M. shoir va sanʼatkorlarga ilhom beradi deb hisoblangan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil