Kontent qismiga oʻtish

Muzrabotsoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muzrabotsoy
Tavsif
Uzunligi 62
Davlat Oʻzbekiston


Muzrabotsoy (oʻrta oqimida Kampirtepasoy) — Surxondaryo viloyati Sherobod va Muzrabot tumanlari hududidagi soy. Koʻhitang togʻining janubi-sharqiy yon bagʻridan (3139 m) boshlanadi. Uzunligi 62 km, havzasining maydoni 126 km². M.ning bosh qismi Machaylisoy deb yuritiladi. Bahorda unga umumiy uz. 63 km boʻlgan 30 ga yaqin soy qoʻshiladi. M.ning yirik irmoklari Tomchilisoy, Anjirbuloq. M.dan Sherobod choʻlidagi xoʻjaliklar suv oladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil